TIRNOQLARINGIZ FE`LINGIZDAN SO`ZLAYDI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: TIRNOQLARINGIZ FE`LINGIZDAN SO`ZLAYDI
- Дата релиза: 04-10-17, 12:15
Do`st yoki dugonangizning fe`lini tushunmoqchi bo`lsangiz uning tirnog`lariga qarang va quyidagi tariflarga mos yoki mos emasligini aniqlang.
Agar ko`rsatilgan rasmlarda tirnog`ingiz rasmi bo`lmasa, unga yaqinroq, o`xshashini tanlang.
1. Uzun va to`g`ri to`rtburchakli tirnoqlar. Bunday tirnoqli insonlar juda kirishuvchan qolaversa o`tkir aql egasidirlar. Ular yangi tanishuvlardan boshlari osmonga etadi, shuningdek doimo dunyoqarashini rivojlantirib boradilar. Biror bir yangi ishni boshlashdan oldin «7 marta o`lchab bir kes» naqliga amal qiladilar. Ular har bir narsani ikir-chikirigacha o`rganib, so`ng qaror qabul qilishadi
2. Keng va yalpoq tirnoqlar. Mazkur tirnoq sohibalri tiniq fikrli, o`ylab gapiradigan va o`zgalar fikrini hurmat qiladiganlardandir. Ular odamga baho berishda sira adashmaydilar, ichki sezgisiga bemalol ishonishingiz mumkin. Ular yangilik yaratishni yoqtirishadi. Hammasidan oldin foyda va tejamkorlikni ko`zlovchi yalpoq tirnoq egalari qiyin muammolarni aql bilan hal qiladilar.
3. Kalta va dumaloq tirnoqlar. Ta`rif egalarining ko`zlaridan doimo quvonch va ijobiy kayfiyat ufurib turadi. Ular bilan til topishish juda oson. Bunday insonlarda ijodkorlik yashirin va ochiq tarzda namoyon bo`ladi. Ular yoqtirgan insonlarini himoya qilish uchun xamma narsaga tayyorlar.
4. Kalta va chetlari notekis tirnoqlar. Tirnoqlardagi notekislik ularni doimo tishlab yurish odatidandir balki. Agar buning sababi shu bo`lsa, u juda e`tiborli va sezgir inson. Bunday insonlar tashqaridan tepsa tebranmasdek ko`rinsada, aslida his tuyg`ulari limmo-lim. Do`stlariga esa achchiq bo`lsa ham xaqiqatni ayta oladilar.
5. Yirik to`g`ri to`rtburchak tirnoqlar. Tug`ma raxbar va mehnatsevar insonlarning tirnog`i aynan shunday ko`rinishda bo`ladi. Ular nimaiki qilmasin hammasini to`g`ri bajarishadi. Chunki har bir ishni o`ylab amalga oshirishadi. Ular siz o`ylaganchalik ishga mukkasidan ketgan emas, vaziyatga qarab juda quvnoq va samimiydirlar.
6. Uchburchak tirnoqlar. Dadil va qo`rqmas, har doim nima xohlayotganini biladigan va har qanday ishni oxiriga etkazadiganlar tirnog`i asosan uchburchak ko`rinishli bo`ladi. Ular mehnati hamisha qadrlanadi, chunki bir ishni boshlashdan oldin obdon o`ylaydilar.
7. Oval va uzun tirnoqlar. Bunday insonlar ijodkor, go`zallik yaratuvchilardir. Ularning tasavvuri beqiyos. Hamisha atrofidagilarning diqqat e`tiborida bo`lishadi. Biror bir ishga kirishsalar eng ko`p vazifani elkalariga ortib olishadi. Ajablanmang, ularda o`zgalarga yordam berish mas`uliyati juda yuqori.
8. Noodatiy tirnoqlar. Ular juda yorqin insonlar. Hayotdagi shiorlari «ishlash kerak bo`lganida ishla, dam olish vaqtida dam ol». Ular muammolarga noodatiy echim izlashadi. Har bir ishdan zavq olishadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар