«Tishda tosh yig`ilishi stomatitga sabab bo`ladimi?»
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: «Tishda tosh yig`ilishi stomatitga sabab bo`ladimi?»
- Дата релиза: 19-05-17, 18:34
– Deyarli har 2-3 oyda tilning yon tarafi va lab ichida stomatit yuzaga keladi. Davolovchi shifokorimning aytishicha, tez-tez qaytalanadigan stomatitning ikki xil sababi bo`lishi mumkin, biri oshqozon-ichak muammolari, ikkinchisi esa tish toshi ekan, chindanam shunaqami? Tishlarda to`plangan tosh qanday qilib stomatitni keltirib chiqarishi mumkin?
Dilnoza Safarova, Navoiy viloyati
Savolga oliy toifali shifokor-stomatolog Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV javob beradi:
– Tish toshlari yog`, tuz va mikroorganizmlardan tarkib topgan. Og`iz bo`shlig`i gigienasiga amal qilmaslik og`iz bo`shlig`i RN muhitini kislotalilik tomon surilishiga olib keladi. Og`iz bo`shlig`idagi RN muhit shilliq qavatda, tish emalida mikroorganizmlar uchun faollikni oshirib, buning oqibatida turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Stomatitning ikki emas, bir qancha sabablari bor, bular:
– Infeksiyalar;
– Jarohatlar: mexanik (protez tish, o`tkir qirralir tishlar, tish toshlari); kimyoviy (ishqor va kislotalar tufayli); fizik (shilliq qavat kuyishi va nurlanishi);
– Allergiya;
– Medikamentoz zaharlanish;
– Moddalar almashinuvining buzilishi;
– Tizimli xarakterdagi ichki a`zo kasalliklari oqibati bo`lishi mumkin.
Agar sizda stomatit aniqlangan bo`lsa, sanab o`tilgan omillarni birma-bir ko`rib chiqish kerak. To`liq tibbiy tekshiruvgina masalaga oydinlik kiritadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар