Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Tishlarning sarg‘ayishiga olib keluvchi 4 odat
Tishlarning sarg‘ayishiga olib keluvchi 4 odat

Tishlarning sarg‘ayishiga olib keluvchi 4 odat

Tishlarning sarg‘ayishiga olib keluvchi 4 odat
Agar tishlaringiz sarg‘ayib ketishini istamasangiz, unda tish emalini mustahkamlash va dog‘larni yo‘qotishga harakat qiling. Chekish va tishlarni muntazam ravishda parvarish qilmaslik — tishlar sarg‘ayishining hammaga ma’lum aybdorlari hisoblanadi. Lekin bunga boshqa ba’zi odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Siz og‘iz chayqash vositasidan ko‘p foydalanasiz

“Muammo shundaki, og‘iz chayqashda ishlatiladigan ko‘pchilik vositalarga kislotalar qo‘shilgan va agar ular ko‘p ishlatilsa, bu tish emalini yemirishi mumkin”, — deb ogohlantiradi kaliforniyalik stomatolog Garold Kats. Shuning uchun agar siz bunday vositalarni ko‘p ishlatishga odatlangan bo‘lsangiz, bu odatni o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Masalan, tishlarni chayish o‘rniga cho‘tka bilan tozalash va tozalatish uchun stomatologga tez-tez borib turish.

Siz nordon meva va sabzavotlarni yaxshi ko‘rasiz

Kislotaliligi yuqori bo‘lgan nordon oziq-ovqatlar ham emalni yupqalashtirishi mumkin, deydi shifokor Kats. Ularga sitrusli mevalar va sharbatlar, pomidorlar, ananaslar, sirka, gazli ichimliklar, ba’zi sport ichimliklari va salatlar uchun sirka asosida tayyorlangan ziravorlar kiradi.

Bu oziq-ovqatlarning hammasidan butunlay voz kechish kerak emas, lekin ularni iste’mol qilishda biroz suv ichish kerak, deb tavsiya qiladi Kats.

Siz kun bo‘yi qahva ichasiz

Olimlar qahvaning foydali ekanligini ta’kidlasa ham, u tishlarga foyda olib kelmaydi, deb hisoblaydi dantist Katya Fridman.

Va hamma muammo hatto siz qancha qahva ichishingizda ham emas, balki qanday ichishingizdadir. Uni tezroq, kamroq miqdorda ho‘plab, tish emaliga tegmasligi uchun yaxshisi cho‘p yordamida ichish lozim.

Siz tishlaringizni haddan tashqari mutaassiblik bilan tozalaysiz

Albatta, tishlarni muntazam ravishda tozalash kerak, lekin ortiqcha tezlik va cho‘tka bilan bosish emalning yupqalashishiga olib keladi, deb hisoblaydi nyu-yorsklik dantist Mazen Natur.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: