TOMOQ OG`RIG`INING 10 DAVOSI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: TOMOQ OG`RIG`INING 10 DAVOSI
- Дата релиза: 09-11-17, 20:47
Tashqarida issiq harorat o`z hukmini o`tkazib turganda muzqaymoq jonimizga oro kiradi. Oftobda terlab pishib kelamizu muzlatkichdan yaxdek ichimlikni olib chanqog`imizni bosishga urinamiz. Har birimizgatanish holatlar shunday emasmi? Ertasiga sodir bo`ladigan voqealar ham ko`z o`ngingizga gavdalanyaptimi? Ko`pchiligimiz bunday paytda uy sharoitidagi choralarga yuzlanamiz. Demak, bundan xalos bo`lishning 10 ta xalqona usulini e`tiboringizga havola etamiz.
1. Marmarak (shalfey) ajoyib antiseptik va yallig`lanishga qarshi vositadir. 1 osh qoshiq quritilgan marmarakni 1 piyola qaynoq suvda 10 daqiqaga damlab, so`ng suzib oling. Damlamaga 1 osh qoshiq asal solib, biroz sovigach, tomog`ingizni chaying. Kun davomida 3-4 marta g`ar-g`ara qilsangiz, yaxshi natijaga erishasiz.
2. 1 piyola qaynab sovugan suvga 1 choy qoshiqdan olma sirkasi va asal solib, kam-kamdan kun davomida 3-4 marta iching.
3. 1 choy qoshiqdan chakanda moyi va aloe sharbatini aralashtirib, oz-ozdan shimib yursangiz ham, og`riqdan oson xalos bo`lasiz.
4. Dori ichmayman deb xarxasha qiladigan bolalar uchun foydali o`simliklardan xo`razqand tayyorlab berishingiz mumkin. Buning uchun 300 gr. asal, 1 choy qoshiq zanjabil (imbir) tolqoni, yarim osh qoshiq limon sharbati kerak bo`ladi. Asal va zanjabil tolqonini idishga solib, past olovda ikki soat davomida qaynating. Qiyom tayyor bo`lganini tekshirish uchun bir tomchisini sovuq suvga tomizib ko`ring. Maromiga etgan bo`lsa, limon sharbatini ham solib, tayyor aralashmani sariyog` surtilgan qolipchalarga quyib chiqing va olish oson bo`lishi uchun tishkavlagich suqib qo`ying.
5. Teng miqdorda un, xantal va asalni aralashtirib, xamir holiga keltiramiz, so`ng tomoqqa qo`yib, ustidan sochiq bilan o`rang. Bunday muolajani 2-3 kun davomida qilish mumkin.
6. Bir nechta anjir qoqini 200 gr. sutda qaynatib ichish ham tomoqni yumshatib, balg`am ajralishiga yordam beradi.
7. Samarali va foydali usullardan yana biri ingalyasiya bo`lib, uni to`g`ri bajarsangiz, tomoq og`rig`idan tez xalos bo`lasiz. Demak, idishga suv solib, ikki dona kartoshkani parrak qilib kesing va shu suvda qaynating. So`ng unga 1 osh qoshiq ichimlik sodasidan solib, og`iz orqali nafas oling. Ingalyasiya uchun eng normal harorat 80-90 daraja bo`lib, bundan issiq bug`da tomog`ingiz kuyishi mumkin. Yodingizda bo`lsin, hiqildoq, tomoq, nafas yo`llari, bronxlarni davolash uchun og`iz orqali nafas olib, 2 soniyadan so`nggina uni chiqarish foydali. Tumovda esa burundan nafas olgan maqsadga muvofiq. Ingalyasiyadan so`ng bir soat davomida ichimlik ichish, ovqatlanish va chekish harakatlaringizning samarasini kesadi.
9. Sedanali damlamalar ham tomoq og`rig`ida yaxshi foyda beradi. Ayniqsa, immun tizimini himoyalovchi mahsulot sifatida sedana moyini salatlarga qo`shib tanovul qilish ham tezroq sog`ayib ketishingizni ta`minlaydi.
10. Kechqurun 1 dona turp yoki sholg`omning ichini o`yib, 1 osh qoshiq asal solib qo`ying. Ertasiga kun davomida hosil bo`lgan sharbatni 1 osh qoshiqdan ichsangiz, tezda shifo topasiz.
P/S: Unutmang, har bir organizm o`ziga xosdir. Muolajalarni qo`llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAODAT tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар