Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Tozalovchi vositalar yordamida qarilikning oldini olish mumkinmi?
Tozalovchi vositalar yordamida qarilikning oldini olish mumkinmi?

Tozalovchi vositalar yordamida qarilikning oldini olish mumkinmi?

Tozalovchi vositalar yordamida qarilikning oldini olish mumkinmi?
Teri sog'lom ko'rinishga ega bo'lishi uchun uni, avvalo, tozalash lozimligini aslo unutmang. Shunda parvarishingizning samaradorligi va foydaliligi oshadi. Xuddi shuni hisobga olib, dastlab terini tozalovchi vositalar reseptlarini keltirib o'tamiz. Aminmizki, bu vositalar yordamida siz yoshligingizni uzaytirishga muvaffaq bo'lasiz.
ASALLI SUV
Asalli suv tayyorlash uchun 2 stakan iliq suvga 1 osh qoshiq asal aralashtirib, eritma hosil qiling. Keyin ana shu asalli eritma bilan kechasi uxlashdan oldin yuzingizni yuving va 5-7 daqiqadan so'ng iliq suvda sovunsiz chayib tashlang. Asalli suv terini ajoyib oziqlantiradi va tozalaydi, uni silliq va tekis qiladi.
SPIRTLI NIQOB
2 osh qoshiqdan spirt va suvni aralashtirib, past olovda yengil qiziting va 100 g asal qo'shib, bir xil massaga kelguncha aralashtiring. Qarabsizki, spirtli malham tayyor. Niqobni yuzingizga surtib, 10-12 daqiqa ushlang. U ana shu fursat davomida yuz terisini tozalaydi, dezinfeksiyalaydi, shu bilan birga yumshatadi. Bu niqobni kunora qilib tursangiz, yuz teringizda aslo muammo bo'lmaydi.
ShAFTOLI YoG'ILI TOZALOVChI KREM
Kattaroq idishga 1 osh qoshiq spirt, 1 osh qoshiq limon suvi, 25 g shaftoli yog'i, 4 g glitserin va 16 ml suv soling-da, hammasi erib aralashguncha past olovda ushlang. Keyin esa aralashtirib turib soviting. Sovigandan keyin esa undan doka yordamida terini tozalovchi vosita sifatida foydalaning.
1 stakan issiq sutga 1 osh qoshiq asal solib eriting. Keyin ilitgach, undan sezuvchan terilarni tozalashda foydalanish mumkin.
OQSIL VA ASALLI NIQOB
1 osh qoshiq asal, 0,5 choy qoshiq shaftoli moyi va 2 ta ko'pirtirilmagan tuxum oqini bir xil massaga keltirguncha aralashtiring. Keyin unga 2 osh qoshiq suli uni qo'shing-da, yana obdan aralashtiring. Malham tayyor bo'lgach, uni yuzga surting va 20 daqiqa davomida yuzingizda saqlang. Keyin qaynatilgan suvga botirilgan tampon bilan niqobni tozalab oling. Bu niqob nafaqat terini tozalaydi, balki teridagi suv balansini ham yaxshilaydi.
GIALURON KISLOTASI
AJINLARGA QARShI
Terining quruqshab qolishidan asrovchi hamda ajinlarga qarshi samarali vosita bo'luvchi gialuron kislotasi haqida eshitganmisiz? Shunisi e'tiborliki, u ajinlarning oldini oluvchi krem va zardoblar tarkibiga, albatta, kiritiladi. Quyida gialuron kislotasining boshqa xususiyatlari va undan foydalanish qoidalari haqida ma'lumot beramiz. Gialuron kislotasi tanamizdagi deyarli barcha to'qimalarda mavjud. U bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. Misol uchun, to'qimalardagi suvni tashiydi va taqsimlaydi. Gialuron kislotasining ahamiyatli tomoni shundaki, u suyuqlikka ehtiyoj sezmaydigan joyga hech qachon suyuqlik tarqatmaydi va tananing quruqshab ketgan joylarining suvsizlik tufayli “o'lishi”ga yo'l qo'ymaydi, ya'ni kerakli joyda suyuqlikni ushlab turadi.
Bu kislota hujayralararo bo'shliqdagi suvni bog'lab qo'yadi, natijada to'qimaning qisilishga nisbatan qarshilik ko'rsatishi yanada kuchayadi. Aks holda belbog' va qayish izlari tanada abadiy qolib ketadi. Bo'g'im hamda ko'zlarni himoyalaydi.
Kislota yetishmasligi bo'g'imlar ichidagi suyuqlikning kamayib ketishiga, artrit kasalligi rivojlanishiga olib keladi. Gialuron kislotasi (GK), shuningdek, ko'z ichi bosimining me'yoriy holatda ushlab turilishida faol ishtirok etadi. Teri go'zalligi uchun ham u javobgar.
GK tanqisligi natijasida terining sath va ichki qatlamlari o'rtasidagi aloqa buzilishi, to'qimalarning qon bilan ta'minlanishida uzilishlar ro'y berishi, yuz terisi zaxil tus olishi, ajinlar erta tushishi holatlari kuzatilishi mumkin.
Tarkibida GK miqdori yuqori bo'lgan professional kosmetika vositalarini dermatokosmetolog bilan maslahatlashgandan keyin xarid qilgan ma'qul. Sababi, agar vositani noto'g'ri tanlagan bo'lsangiz, xohlagan natijangizga erisholmasligingiz aniq.
GIALURON KISLOTALARINI
QAERDAN TOPISh MUMKIN?
So'nggi vaqtlarda gialuron kislotasi in'yeksiya hamda biologik aktiv qo'shimchalar tarkibida ishlab chiqariladi. Tarkibida gialuron kislotasi mavjud bo'lgan bunday kosmetik vositalarni deyarli barcha kosmetik do'konlardan topish mumkin.
Olimlarning gialuron kislotasi ustida olib borayotgan tajribalari esa muvaffaqiyatli natijalar ko'rsatib, vositaning yangidan-yangi qirralari kashf etilmoqda. Demak, yosh ko'rinishni istagan ayollar uchun yana bitta imkoniyat tug'ildi. Ammo GKdan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Aytgancha, har qanday kosmetik vositani xarid qilishdan avval uning tarkibiy qismlari bilan tanishib olgan ma'qul. Gialuron kislotasi gelga o'xshash bo'lib, kosmetika qadog'ida 1% sifatida ko'rsatiladi.
KOSMETIKADA GK QANChA MIQDORDA BO'LIShI KERAK?
• Soch va terini parvarishlovchi kundalik vositalarda 0,005 foizdan 0,1 foizgacha.
• Quyoshdan himoya qiluvchi vositalarda 0,1-1 foizgacha va hokazo.
QIChITQILI NIQOB
(Yog'li va malla sochlar uchun)
Foydali xususiyati: bu niqob sochlaringizga oltin rang jilo bag'ishlab, oqarishining oldini oladi, yog'lanish darajasini kamaytiradi, yoqimsiz hidni bartaraf etadi.
Tayyorlanish usuli: quritilgan qichitqi o'tini yaxshilab maydalang, so'ngra ichiga siqilgan yarimta limon sharbati quying. Hosil bo'lgan aralashmani ehtiyotkorlik bilan toza sochlarga surting va boshingizga qalin ro'mol o'rab qo'ying. Bir soatdan so'ng iliq suvda yuvib tashlang.
BANANLI VA AVOKADOLI NIQOB
(quruq sochlar uchun)
Foydali xususiyati: bu niqob sinuvchan sochlarni yog' ishqorlari bilan to'yintirib, ularga mayinlik bag'ishlaydi.
Tayyorlanishi: yarimta bananni ezib, 1 dona maydalangan avokado mevasi bilan aralashtiring. Ustiga 1 choy qoshiq asal, ozroq qaynagan suv quyib, aralashtiring. Niqob toza va quruq sochlar ildiziga surtiladi. So'ngra maxsus yelimli bosh kiyim ki­yib, ustidan sochiq o'rang. Niqobni 20 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib tashlang.
KIVI VA QATIQLI NIQOB
(aralash turdagi sochlar uchun)
Foydali xususiyati: bu niqob soch o'sishini jadallashtiradi. Shuningdek, tarkibidagi S vitamini soch ildizi uchun nihoyatda foydali.
Tayyorlanishi: yirikroq kivi mevasini po'stlog'idan tozalang va vilka yordamida yaxshilab ezing. Tayyor bo'lgan bo'tqaga 4 osh qoshiq qatiq quying va yaxshilab aralashtiring. Keyin niqobni soch ildiziga surtib, boshingizni sochiq bilan o'rang. 15 daqiqa o'tgach, iliq suvda yuvib tashlang.
QAHVALI DAMLAMA
(tabiiy qora sochlar uchun)
Foydali xususiyati: bu damlama rangsiz sochlarga jilo bag'ishlaydi va hajm beradi.
Tayyorlanishi: 3-4 choy qoshiq qahva ustiga 2-3 stakan qaynagan suv quying va 5-10 daqiqa past olovda qaynating. Hosil bo'lgan qaynatma sovigach, suzib oling-da, u bilan yuvilgan, toza sochlaringizni chaying.
QAZG'OQQA QARShI DAMLAMA
(qora quruq sochlar uchun)
Foydali xususiyati: bu damlama sochlaringizga mayinlik va jilo bag'ishlaydi, qazg'oq paydo bo'lishining oldini oladi.
Tayyorlanishi: 3 osh qoshiq quritilgan mavrak (shalfey) yaprog'i va 2 osh qoshiq moychechak ustiga 3 stakan qaynoq suv quyib, yarim soatcha tindiring. Damlama sovigach, suzib olib, yuvilgan sochlaringizni chaying.
MA'DANLI SUV — TERI UChUN JUDA FOYDALI
Ma'danli suv tarkibida teri uchun nihoyatda foydali bo'lgan komponentlar juda ko'p. Eng qizig'i, bunday suv aksariyat kosmetik firmalar taklif qilayotgan qimmatbaho termal suvi o'rnini bosa oladi. Foydali tomoni esa bir necha tomchi ma'danli suv yordamida terini namlantirib olish mumkin. Gazlangan suvdan foydalanishdan avval uni 30-40 daqiqa davomida og'zi ochiq holda ushlab turish lozim.
Quyida turli terilar uchun mo'ljallangan niqoblar reseptini havola etamiz.
Normal teri uchun namlantiruvchi niqob
5 tomchi limon sharbatini 50 ml ma'danli suv va 1 choy qoshiq suli yormasi bilan aralashtiring. 30 daqiqa tindirib qo'yganingizdan so'ng yuzingiz terisiga surtib, 15 daqiqa ushlang va sovuqroq ma'danli suv yordamida yuvib tashlang.
Quruq teri uchun yumshatuvchi, namlantiruvchi va ajinning oldini oluvchi niqob
2 choy qoshiq asalni 50 ml ma'danli suv bilan aralashtiring. So'ng yuz terisiga surtib, 10 daqiqa ushlang va sovuqroq ma'danli suv yordamida yuvib tashlang.
Rangi siniqqan yuzlar uchun niqob
Yarimta limon sharbatini bir stakan ma'danli suv bilan aralashtirib, ichiga 1 choy qoshiq glitserin qo'shing. Hosil bo'lgan loson yordamida yuz terisini ertalab va kechqurunlari arting. (aralashmani muzlatkichda saqlang).
Terini yoshartiruvchi niqob
1 choy qoshiq un, 50 gramm xamirturush va 1 choy qoshiq shakarni aralashtirib, ustidan yarim stakan ma'danli suv quying-da, yaxshilab aralashtiring. Keyin uni 2-3 soatga issiqroq joyga olib qo'ying. Niqobni yuz terisiga surtib, 20 daqiqadan so'ng sovuqroq ma'danli suv yordamida yuvib tashlang va yuz terisiga oziqlantiruvchi krem surting. Bu niqobni bir oy davomida 2-3 marta takrorlash mumkin.
Zulfizar ISOQOVA tayyorladi.
«7 Mo''jiza» gazetasidan
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: