TUG`RUQDAN KEYIN QORINNI KETKAZIShNING 5 USULI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: TUG`RUQDAN KEYIN QORINNI KETKAZIShNING 5 USULI
- Дата релиза: 30-08-17, 21:28
Homilodorlikda gormonal o`zgarishlar tufayli qorin va belda ortiqcha yog` to`planishi kuzatiladi. Tug`ruqdan keyin undan xalos bo`lish uchun esa yosh onalardan biroz harakat va qunt talab etiladi. Chunki bu muammoni parhez, dori vositalari yoki «sehrli» o`tlar yordamida hal etishga uringanlar chaqaloqqa ziyon etkazishlari hech gapmas. Keling, yosh onalar bu katta muammosiga birga echim izlaymiz!
Bandajlar
Tug`ruqdan keyin foydalanishga mo`ljallangan maxsus bandajlar qorinning bo`shashgan mushaklarini avvalgi holiga qaytarishga yordam beradi. Shifokor maslahatiga ko`ra, tug`ruqdan so`ng birinchi kundan boshlab, kuniga 10 soatdan 2 oy mobaynida foydalanish lozim. Ha, aytgandek, bunday bandajlarni chalqancha yotgan holda kiyish samaraliroq hisoblanadi. Ulardan foydalanmagan vaqtda esa qorinni tortib yurish maqsadga muvofiq.
Uqalash
Tug`ruqdan keyin ham qomatim raso bo`lib qolsin, degan ayol qorinni muntazam uqalashi zarur. Demak, turgan holatda kaftning yon tomoni bilan qoringa engil zarbda urish lozim. Bunda qo`llar ketma-ket harakatlanishi juda muhim. Mashqni bo`sh qolganingizda besh daqiqa davomida kuniga bir necha marta takrorlab tursangiz, hash-pash deguncha ortiqcha «muammo»dan qutulasiz. Bundan tashqari, suv bug`ida biroz eritilgan asal yordamida qorinni soat mili yo`nalishida uqalash ham juda foydali.
O`rash
150-200 gr. kosmetologiyada foydalaniladigan ko`k tuproqqa iliq suv solib bo`tqa holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo`lgan aralashma qorin sohasiga surtilib, bir soatga yopishqoq selofan bilan o`rab qo`yiladi. So`ng yuvib, teriga yumshatuvchi krem surtib qo`yish lozim. Muolajadan ikki soat avval va undan ikki soat keyin egulik tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni kunora 10-15 marta bajarish yaxshi samara beradi. Biroq onkologik, buyrak, qandli diabet, yurak xastaliklarida muolaja tavsiya etilmaydi.
Jismoniy mashqlar
Yodingizda bo`lsin, tug`ruqdan 6-8 hafta o`tgachgina, jismoniy mashqlarni bajarishga ruxsat etiladi.
1-mashq (rasmi bor)
15 soniya suratda ko`rsatilganidek turib, so`ng tizzalarni bo`shashtirib, 5 soniya dam olinadi. Mashqni 10 marta takrorlash kerak.
2-mashq
Chalqancha yotib, elka va oyoqni imkon qadar yuqoriga ko`tarish lozim. 15 soniyadan keyin qoringa o`girilib, yana 15 soniya shu holda turiladi. Mashqni 7-10 marta bajarish lozim.
3-mashq
Chalqancha yotib, qo`llarni yonga qo`yiladi. So`ng tizzalarni bukib, tovonlar bir-biriga tekkiziladi. Endi oyoqni imkon qadar yuqoriga ko`tarish kerak. Mashqni 15-25 marta bajargach, engil tin olsangiz bo`ladi.
Nafas mashqi
Tongda och qoringa 1 stakan iliq suv ichib, so`ng stulga o`tiring. Umurtqani rostlab, 5-10 daqiqa qorin bilan nafas oling. Bu mashq nafaqat ortiqcha yog`lardan, balki tug`ruqdan keyingi qorin dam bo`lishidan ham xalos etadi.
SAODAT tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар