Turmush Qurish Uchun Sabab..!!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Turmush Qurish Uchun Sabab..!!
- Дата релиза: 07-06-14, 13:42
Hamma turmush quradi, lekin
turmush qurishga sabab asosan
quyidagilar bo'lar ekan:
1. Yoqtirib qolish
Turmush qurish uchun erkak va
ayol bir-birini yoqtirib qolishi
tabiiy sabab bo'lishi mumkin.
Nikohgacha bizning barcha
orzularimiz baxtiyor turmush
haqida bo'ladi. Ahir yoqtirgan
inson bo'lganda yomon narsa
xayolga keladimi? Yoqtirib
qolganlik holat ajoyib bir
yaqinlashtiruvchi tuyg'u beradi.
Lekin bu tuyg'u ko'pi bilan 2 yil
ichida so'nadi. Borib - borib kuchli
yoqtirib qolish o'rniga ta'surotlar,
niyat, emosiya, xulq- atvor kabilar
ustun kela boshlaydi. Natijada
barchamiz osmondan yerga
tushib, yonimizdagi turmush
o'rtog'imizda boshqa ko'z bilan
qaraymiz. Ana shunda turmushni
davom etish kerakmi yoqmi degan
savolga javob tug'ilib hamma
oilalarda har xil bo'ladi: ajrashish
yoki haqiqiy sevgiga o'rganib bir
birini sevib, haqiqiy baxtiyor hayot
uchun kuch sarflashga kirishish.
2. Mehr va e'tiborga talabni
qondirish
Yolg'izlik, hech kimga kerak
bo'lmaslik kabi tuyg'ularni his
qilayotgan ayol yoki erkak shu
sabab bilan turmush quradi.
3. Ota-ona nazoratidan qochib
qutulish
Ko'p uchraydigan ushbu sababga
ko'ra, ko'pincha ota-onaning
chegarasidan ortiq zulmidan, yoki
bolaga bo'lgan juda ham kuchli voydodshou.net saytidan olingan,
e'tirboridan, ma'naviy yoki
moliyaviy bog'lanishidan
qutulmoqchi bo'lganlar turmush
qurishga intiladilar.
4. Ijtimoiy normalarga mos
kelish
Masalan, yoshi 30 ga(agar o'sha
jamiyatda 30 yosh ayol uchun
katta hisoblansa) qarab
ketayotgan ayollar yoshi o'tib
ketmasligi uchun kimga bo'lsada
turmushga chiqib ketadilar.
5. Turmushga yutuqdek qarash
Bunda erkak yoki ayol turmush
qurishdan qandaydir foyda
ko'radi.
6. Majburiy turmush
Ma'lum qiyinchiliklarni bartaraf
etishga ta'sir etuvchi turmush.
Masalan rejadan oldin xomilador
bo'lib qolish.
Agar erkak yoki ayol sevib yoki
yoqtirib qolish o'rniga, boshqa
sabab bilan turmush qursa,
bunday turmushda hayot
qiyinchiliklarga boy bo'lish
ehtimoli katta. Bora-bora
munosabatlar takomillashib erkak
va ayol o'rtasida muhabbat
uyg'onsa baxtiyor turmushga
poydevor bo'lishi ham mumkin.