Turmush qurishga tayyormisiz?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Turmush qurishga tayyormisiz?
- Дата релиза: 27-03-17, 12:20
Hayotdagi hamrohingizni uchratdingiz, baxtdan sarmastsiz, ammo aniq bir qarorga kelishdan avval quyidagi savollarga javob bering va turmush qurishga qanchalik tayyor ekaningizni bilib oling!
1. Aynan qaysi jihati uchun uni o`zingizga yor etib sayladingiz?
a) Tashqi ko`rinishi, o`zini tutishi — 3;
b) Ishonch uyg`ota olish xususiyati — 5;
s) Shunchaki, turmush qurish vaqti etib qoldi, ochig`i, undan yaxshirog`ini topishimga ishonmayman — 4.
2. Munosabatlaringizni mustahkamlash uchun qanday usullardan foydalanasiz?
a) Uning xuzurida o`zimni erkin, ko`ngilchan tutaman — 4;
b) Ko`ngliga g`ul-g`ula solib, shirin so`zu ishvalar qilaman — 3;
s) Aqlu farosatim, samimiy qiziqishim orqali — 5.
3. U bilan uchrashishdan avval nimalarni his qilasiz?
a) Biroz hayajon «qachon ko`risharkanmiz...» degan orzu paydo bo`ladi — 5;
b) Meni kutadigan, faqat men haqimda o`ylaydigan odam borligidan xursand bo`laman — 4;
s) Har bir uchrashuvimiz rang-barang, turli qiziqarli voqealarga boy bo`lishini istayman — 3.
4. Turmushga chiqishdan maqsadingiz?
a) O`zaro muhabbat, oilaviy xotirjamlik va mustahkam tuyg`ularni istayman — 5;
b) Moliyaviy holatimni tiklab olish, ota-onam qaramog`idan qutulish uchun — 3;
s) Maqsadim, faqat bitta — yolg`izlikdan xalos bo`lish — 4.
5. Oilaviy majburiyatlarni bo`yningizga olishga tayyormisiz?
a) Oilaviy tashvishlardan mutlaqo yiroq bo`lishni istayman — 3;
b) Boshidanoq har kim o`z vazifasini kelishib olishi darkor — 4;
s) Albatta, bu mening ayollik burchim — 5.
6. Kelgusida oshxona yumushlari bilan doimiy shug`ullanishga nima deysiz?
a) Albatta, oshpazlikning sir-asrorlarini o`rganishga tayyorman — 5;
b) O`zimni uy bekasi sifatida tasavvur qilolmayman — 3;
s) Ba`zida shohona dasturxon tuzashim mumkin, lekin buning uchun tashqaridan egulik keltirish ham mumkin — 4.
7. O`zingizga nisbatan talabchanmisiz?
a) Haddan ortiq — 5;
b) Ba`zida — 4;
s) Yo`q, onda-sonda o`zimdan qoniqmasligim mumkin, biroq o`zimni koyimayman — 3.
8. Agar u bilan janjallashib qolsangiz, birinchi bo`lib bo`yin egishga tayyormisiz?
a) Odatda janjallarimizda men aybdor bo`lmayman — 3;
b) Ko`pincha muammoni hal etishga urinaman — 4;
s) Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlab, bir to`xtamga kelib olishga harakat qilaman — 5.
9. Sizningcha, oilani nimalar mustahkamlaydi?
a) Ikki inson bir-birini tushuna olishi —5;
b) Moliyaviy farovonlik — 3;
s) Muhabbat va ehtiros — 4;
10. Bo`lajak juftingizdan yashiradigan sirlaringiz bormi?
a) Oshkoralikni yoqtiraman, zarracha ikkiyuzlamachilikni sezsam, o`zimni tutolmayman — 5;
b) Hayot, bu — o`yin. U qancha sirli bo`lsa, shuncha qiziqarli — 3;
s) Albatta, insonlarda doim ham aytilmaydigan gaplar bo`lishi mumkin — 4.
11. Bo`lajak turmush o`rtog`ingiz avval kimnidir sevganini eshitib qoldingiz, sizning harakatlaringiz...
a) Qizlar bilan gaplashishda tajribasi borligidan xursand bo`laman — 3;
b) Menimcha, bu kechirib bo`lmas holat — 4;
s) Men uchun bu u qadar muhim emas, nimaiki bo`lgan bo`lsa, allaqachon o`tib ketgan — 5.
12. Rashkchimisiz?
a) Inson boshqalarga ishonishi va shubha uyg`otmasligi lozim — 5;
b) Ba`zida shubhaga etarli asos bo`lganida rashk qilaman — 4;
s) Ha, bilaman, bu mening kamchiligim, ammo boshqacha bo`lish qo`limdan kelmaydi — 3.
13. Bo`lajak turmush o`rtog`ingiz boshqa qiz bilan maroqli suhbat qurayotganini ko`rsangiz...
a) Hafsalam pir bo`ladi, biroq buni sezdirmayman, ularning suhbatiga qo`shilib, e`tiborni o`zimga qaratishga urinaman — 5;
b) Muammoni «issig`ida» hal qilishga odatlanganman, o`sha joyning o`zida vaziyatga oydinlik kiritib olaman — 4;
s) Men ham o`zimga qarama-qarshi jins vakillari orasidan biror suhbatdosh topib olaman — 3.
Natijalar:
40 balldan past
Sizga bo`lajak juftingizning ichki dunyosidan ko`ra tashqi ko`rinishi, badavlatligi va boshqa xususiyatlari muhimroq ko`rinadi. Biroq oilaviy hayot baxtli yakunga ega ertak ham, «sizdan ugina, bizdan bugina» qiladigan bozor ham emas. Hech qanday moliyaviy barqarorlik chinakam tuyg`ularning o`rnini bosolmaydi. Vaqti kelib, bu haqdagi fikrlaringiz o`zgaradi, ungacha shoshilmaganingiz ma`qul.
40 dan 45 ballgacha
Bir qarashda maqsadga yaqinlashib qolgandek bo`lsangiz-da, endigina birinchi qadamlarni qo`yayotganingizni yodingizda saqlang. Hayotning murakkabliklarini engib o`tishga kuch topa olsangizgina, farovon oilaning bekasiga aylanasiz. O`zingiz va juftingiz uchun mas`uliyatni bo`yningizga ololsangiz, demak, turmush qurishga tayyorsiz. Ammo bunda asqatishi mumkin bo`lgan sabr va matonat kabi xislatlarni o`zingizda mujassamlashtirishga ahamiyat bering.
45 baldan yuqori
Siz “ha” deydigan inson chindanda baxtli. Chunki har qanday tanlovni o`ylab, taroziga tortib ko`rish sizga xos xususiyat. Vazminligingiz, sezgirligingiz, dono qarorlar qabul qila olish qobiliyatingiz tufayli turmushning «musht»lariga kamroq duch kelasiz. Mustahkam va ishonchli qo`rg`on qurishga jiddiy kirishgansiz, sizga omad!
SAODAT tayyorladi.
Manba:Darakchi.uz

Смс Шерлар