Ukam uch marta uylanib ham quyilmadi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ukam uch marta uylanib ham quyilmadi
- Дата релиза: 19-08-18, 21:43
— Pedagoglar oilasida tug`ilib, ulg`aydik. Singlim va ukam bor. Ota-onam bolaligimizdan ukamni erkalab tarbiyalashgan. Doim uning aytgani aygan, degani degan edi. Bu yil o`ttiz sakkiz yoshni qarshilaydi. O`zi davlat tashkilotida ishlaydi. Biroq hanuzgacha oltmishdan oshgan ota-onamga erkalik qiladi. Na ro`zg`orga qarashadi, na ularning ko`ngliga qaraydi. Shu kungacha uch marta oila qurdi. Dastlab o`zi birga ishlaydigan qizni tanladi, qizni xushlamasak-da, ukamning ko`ngliga qaradik. Bir yil o`tar-o`tmas o`rtalaridan gap qochdi. Quda tomon kellinni ko`ch-ko`ronni bilan olib ketishdi.
Ukam yarashishni istamagani bois oilani saqlashga hech birimiz urinmadik. Ikkinchi marta turmushidan ajrashgan juvonga to`y-tomosha bilan uylandi. U ham ukam istagandek, sochi kalta, mini yubka kiyadigan, uy zindon — ko`cha xandon qizlardan edi. Turmushi ikki yilda buzila boshladi. Uchinchi safar onam “Balki alohida yashasa, tinchib ketar” deya uy qurib berdi. Kelinni yangi xonadonga tushirdik. Uni ham birinchi kundan toqqa olib chiqdi, qimmat do`konlardan kiyintirib, boshiga chiqarib oldi. Lekin quda taraf “O`g`lingiz qizimizning ko`nglidagiday hayot qurib bera olmadi. Ro`zg`ori to`kis emas” degan gaplarni ro`kach qilib qizlarini ajratib olishdi.
Ukamning topish-tutishi yomonmas, shahardan tashqarida mol-holi bor, bir necha hafta avval yangi mashina oldi. Oshna-og`aynilari bilan ham munosabati yaxshi, ulardan pulini ham, vaqtini ham qizg`onmaydi. Faqat injiqligini ota-onamga qiladi. Hatto ovqat u aytgan vaqtdan besh daqiqa kechroq suzilsa ham, janjal boshlaydi. Asabiylashganida televizorning pulti bormi, piyola bormi otib qolishi hech gapmas.
Onam esa yurak yutib biror gap aytolmaydi, janjallardan bezillab qolgan. U kishiga “Qo`ying, shu o`g`lingizni, bir necha kun sihatgohda dam oling” desam “Bolam och qolib ketadi, kir-chiri nima bo`ladi?” deydi. Bu ketishda volidamning xastalanib qolishidan xavotirdaman. Ustiga-ustak tanish-bilishlarim ukamni betayin ayollar bilan ko`rib qolganliklarini aytishayapti. Ba`zida “Hamma baxtli, faqat men baxtsizman”, deya norozilik bildirib qo`yadi. Azaldan ko`nglida norozilik bor edi. Hozir yanayam kuchayib ketgan. Axir qachongacha shunday yurish mumkin, qachongacha onamni qiynaydi? Bularni ko`rib, qalbim tilka-pora bo`ladi. Uni qanday to`g`ri yo`lga solishni bilmayapman...
Lola, 45 yosh, Toshkent viloyati
To`ti Yusupova, O`zbekiston xalq artisti: — Erkalatsa onasi, taltayadi bolasi, deydi xalqimiz. Afsus, ming afsus, ayb onangizda, nazarimda. Bu jabrdiyda ayol dilbandini azbaroyi ayagani sari boshiga chiqargan. Oila qurish baxt-saodatgina emas, uning achchiq tashvishlari enga olish hamdir. Uch karra uylanib ham baxtini ushlab qololmagan takasaltang yigitga nima deyish mumkin? Uch ayolning hayotini zaharlashga vijdoni qanday yo`l qo`ydi? Sizni ham tushunamiz, jigarsiz, nafaqat onaizoringizga, ukangizga ham achinasiz, albatta. O`ttiz sakkizga kirgan erkakni qayta tarbiyalash oson emas. Davlat idorasida ishlasa, yaqin do`sti, tushungan safdosh o`rtog`i bordir. O`shalarni ishga solish kerak. Odatda odam tengdoshi, kasbdoshidan xijolat chekadi, o`rni kelganida ibrat oladi. Yaxshi insonlar bor, o`shalarning ta`siri zarur. Hadeb “Yomonsan” deganingiz bilan vaziyat o`zgarib qolmaydi. Haftada bir-ikki kun onangiz sizning yoki singlingizning uyida mehmon bo`lib ketsin. Yigit onasiz ahvoli qanday kechishini his etsin, shunda qadriga etadi. Volidangizga ayting, o`g`lining baxti, kelajagi uchun ham yurakka tosh bog`lab olsin. Aks holda uning hayoti ayanchli ahvolga tushadi. Keyin chidash yanayam qiyinlashadi.
Miraabbos Mirzaahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi: — Ota-ona bolasini o`g`il-qizga ajratib, birini papalab, ikkinchisini qattiqqo`llik bilan tarbiyalasa, xatoga yo`l qo`yadi. Shu yo`l bilan o`g`ilni kuchsiz, xudbin qilib qo`yishadi-da. Ukangiz kap-katta inson bo`lsa-da, o`zini o`smirlardek tutayapti. G`amxo`rlik ostida bo`lgan o`smirlar ko`pincha istaklarini amalga oshirolmaydilar. Balki shuning uchun ham aytganini qiladigan ayollarni tanlagandir.
Bilasizmi, bu vaziyatga tashqaridan nazar tashlab ota-onaning o`rnini do`stlar egallaganini ko`rish mumkin. Balki hozir ham onangiz ortiqcha g`amxo`rligi bilan ukangizni boshqarayotgandir. Ehtimol ukangiz shundan norozidir? Bu vaziyatda ikki tomonni ham o`zgartirish mushkul. Ukangizni o`z holiga qo`ying. Uning qiliqlaridan “Menga erkinlik kerak”deyotgandek tuyilyapti. Mas`uliyatni o`zining zimmasiga yuklaydigan payt keldi. Siz ham opa sifatida uning muammolarini hal qilishga urinamasdan, ukangizga katta odamdek munosabatda bo`lishni boshlang. Hammasi o`z iziga tushib ketishiga ishonaman.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар