ULG`AYGANDA DUDUQLIKDAN QANDAY QUTULISh MUMKIN?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ULG`AYGANDA DUDUQLIKDAN QANDAY QUTULISh MUMKIN?
- Дата релиза: 23-08-17, 20:10
–2 yoshimda qattiq qo`rqib ketganim bois, duduqlana boshladim. Hozirda ham ba`zan tilim tutilib qoladi. Bundan qattiq qiynalaman. Buni qanday tuzatish mumkin?
Anvar SOTIBOLDIEV, Farg`ona viloyati
Bolalardagi duduqlik haqida bilamiz. Bir qancha usullar yordamida muammoni hal etish mumkin. Xo`sh, kattalarda bu holatning davosi qanday bo`ladi? Mavzu yuzasidan shifokor-defektolog Almira AMIROVAga yuzlandik.
HAMMASI – ASABDAN
Katta yoshli odamda duduqlanishning sabablari juda ko`p bo`ladi. Birinchi o`rinda – yoshlik davridagi qattiq qo`rqish, kuchli stress asorati odam charchagan, zo`riqqan paytda o`zi haqida eslatishi mumkin. Bu odam har doim duduqlanadi, degani emas. Duduqlik ko`proq odam uni tushunishlarini istab, o`z fikrini bildirmoqchi bo`lganida, kshpchilik arshisisda nut sshzlashi kerak bshlganida ro`y beradi. Negaki, bemor omma oldida hayajonlanib, nutqidagi nuqsoni haqida to`xtovsiz o`ylaydi.
JAROHATNING ASORATI
Duduqlikning favqulodda holatlar natijasida ro`y beradi, dedik. Ammo ba`zan u salomatlikka bo`lgan beparvoligimiz oqibatida ham bo`lishi mumkin. Duduqlik:
*tomoqning tez-tez yallig`lanishi (tonzillit, angina);
*organizmda gijja ko`payishi natijasi ham bo`la oladi.
*ko`p hollarda esa duduqlik kurash, boks bilan shug`ullanganda bosh miya jarohatlari, ba`zan insult oqibati sifatida ro`y beradi.
Bilasizmi:
Erkaklarda duduqlik ko`proq kuzatiladi. Hammasi ikki jinsning bosh miya tuzilishidagi farqida. Ayollarning bosh miyasi nutq buzilishlaridan tabiatan himoyalangan bo`lar ekan.
QANDAY DAVOLAYMIZ?
Albatta, shifokor-defektolog huzuriga borish kerak. Birinchi qiladigan ishingiz, to`laqonli tibbiy tekshiruvdan o`tish. Bosh miyani zamonaviy usullar yordamida tekshirtirish ham foydadan holi emas. Barcha umumiy tahlillarni topshirishni ham unutmang.
Nevrologga boring
Defektolog sizni nevropatologga yuborsa, hayron bo`lmang. Bu har doim ham sizda asab o`zgarishlar borligidan dalolat bermaydi. Lekin duduqlik kuzatilgan odamlar o`z holatidan uyalib, nutqini o`zicha nazorat qilmoqchi bo`ladi, oqibatda xato qilgan paytda qattiq asabiylashadi. Ularda nutq spazmi (nutq tutilishi) ro`y beradi. Shifokor-nevropatolog markaziy asab tizimi ishini meyo`rga keltiradigan maxsus dori vositalar tavsiya qiladi. Asab tizimi tinchlanib olgach, bemor davolanishga tayyor bo`ladi.
Guruh bo`lib mashq qilamiz
Dunyo olimlarining ta`kidlashicha, duduqlikni davolashda individual emas, guruhdagi davolash samarali kechadi. Negaki, bu holat kuzatilgan odamlar yolg`iz qolganlarida yoki shifokor oldida umuman duduqlanmasliklari mumkin. Hamma muammo ular omma yonida gapirmoqchi bo`lganida ro`y beradi. Aynan shuning uchun, ular guruh bo`lib shug`ullansalar, davolanish ancha tezlashadi.
She`r yodlang
Alohida davo choralar sifatidaqisqa she`rlar yodlash mumkin. Negaki, qofiyali, jo`n to`rtliklar odamning nutqini boyitadi va o`ziga ishonchini orttiradi. Natijada, odam unli tovushlarni ortiq cho`zmaydi, undoshlar uchraganida esa «qoqilmaydi».
Sinxron suzish
Eng ko`p yordam beradigani – sport. Uning sinxron turi bilan shug`ullanish duduqlikda, ayniqsa, foydali. Bemorlarning 95 foizi aynan sport bilan shug`ullanish orqali bu noxush holatdan juda tez vaqt ichida xalos bo`lishadi. Sinxron degani – nafas va harakatlar bir maromda amalga oshiriladigan sport turiga aytiladi. Bunga chang`i, figurali uchish hamda suzish kiradi. Issiq o`lkada yashaganimiz uchun bizning hududga suzish sporti to`g`ri keladi. Suzish bilan haftasiga 2-3 marta bir soat davomida muntazam shug`ullanilsa, 1,5-2 oydan keyin odamning nutqi ravonlashuvini sezish mumkin.
Barno HOJIMIRZAEVA yozib oldi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар