Umringizni uzaytiruvchi 6 narsa

Umringizni uzaytiruvchi 6 narsa

Umringizni uzaytiruvchi 6 narsa
Yaxshiyamki dunyoda har doim atrofdagi narsalar va hodisalarning zararini isbotlash bilan emas, balki bizning tanamizni yaxshilovchi va umrimizni uzaytirishga yordam beruvchi narsalarni izlash bilan mashg‘ul bo‘lgan tadqiqotchilar ham bor ekan. Quyidagi narsalar, ularning fikricha, odam umrini uzaytiradi.

Bolalarning mavjudligi

Tadqiqotchilar onalarning bolasiz ayollarga qaraganda 1,5 yil ko‘proq yashashini aniqladi. Ularning fikricha, bolalarning g‘amxo‘rlik qilishi ham ota-onalarning yashash sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Tennis

O‘rtacha jismoniy faollik salomatlik holatini yaxshilashi haqida ko‘p eshitgansiz. Lekin ma’lum bir mashq turlari bu tasavvurni butunlay o‘zgartirib yuborishini bilarmidingiz?

Britaniyadagi sport tibbiyoti jurnali 80 000 sportchining mashqlarini o‘rganib chiqdi. Keyin ularni toifalarga bo‘lib chiqdi va ma’lum bo‘lishicha, tennischilarning o‘limi soni o‘rtacha o‘lim soniga qaraganda 47 foizga kamroq ekan.

Yaponiyada yashash

Eng sog‘lom va uzoq umr ko‘ruvchi millat vakillari yashaydigan mamlakat — bu Yaponiya. Qisman buning siri yangi sabzavot va baliqlardan tashkil topgan an’anaviy yaponcha parhezdadir.

Boshqa bir muhim omil — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashga imkon beruvchi sifatli sog‘liqni saqlash tizimi. Hatto keksa yoshli yaponlar ham faol tarzda hayot kechiradi.

O‘qish

Yel universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘qishni yaxshi ko‘ruvchilarning o‘lim soni ko‘rsatkichi 20 foizga past ekanligi aniqlandi. Lekin bu ko‘rsatkich faqat kitob o‘quvchilariga tegishli ekanligi ayniqsa, juda muhimdir.

O‘rmon yaqinida yashash

Eng yashil hududlarda yashovchi odamlarda o‘lim soni ko‘rsatkichi shaharda yashovchilarga qaraganda 12 foizga pastroq ekanligi aniqlangan. Bu ekologik jihatdan foydali bo‘lishidan tashqari, ijobiy kayfiyat uyg‘otuvchi muhitga ham bog‘liq.

Oliy ma’lumot

Tadqiqotchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, agar siz oliy ma’lumot olishdan voz kechsangiz, o‘zingizga xuddi ko‘p yillar chekish darajasida zarar yetkazgan bo‘lasiz!

Ma’lumot olish sizga o‘z hayotingizni nazorat qilish uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi. Oliy ma’lumotli odamlarda murakkab vaziyatlarni boshqarish qobiliyatlari ham kattaroq bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: