Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Umrni uzaytiruvchi 4 ta oddiy va foydali odat
Umrni uzaytiruvchi 4 ta oddiy va foydali odat

Umrni uzaytiruvchi 4 ta oddiy va foydali odat

Umrni uzaytiruvchi 4 ta oddiy va foydali odat
Ba’zi oddiy odatlar sog‘liqni yaxshilash va umrni uzaytirishga yordam beradi.

Tishlarni tozalash

Buni bir kunda ikki marta bajarishni unutmang. Tishlarni tozalash yurak bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi va bu bilan umrni uzaytiradi.

Milklarning kasallanishi yurak-tomir kasalliklarining paydo bo‘lishiga olib kelishi ilgaridan ma’lum, lekin bu ikki muammoning bir-biri bilan bog‘liqlik sabablarini oxirgi paytlargacha hech kim aniqlay olmagan.

Yaqinda olimlar buning asosiy aybdorlari og‘iz ichida yashaydigan va milklarning yallig‘lanishini keltirib chiqaruvchi streptokokk bakteriyalari ekanligini aniqladi.

Shoshilmay yeyish

Olimlar ovqatlanish vaqtida shoshilish va ortiqcha vazn orasidagi bog‘lanishni topdi. Ovqatni tez yeyishga odatlanganlarning ortiqcha vazn yig‘ish ehtimoli shoshilmay yeydigan odamlarga qaraganda 84 foizni tashkil qiladi. Buning sababi organizmga yeyishni qachon to‘xtatish kerakligi haqida ogohlantiruvchi signal tizimining buzilishi bilan bog‘liq.

Kunni bir piyola suv bilan boshlash

Bu organizm namlikni to‘play oladigan suyuqlik zaxirasini yaratishga yordam beradi. Kun davomida esa o‘z “suv zaxirangizni” to‘ldirishni unutmang.

Suyuqlik yordamida tanamiz hujayralariga vitaminlar va mikroelementlar yetkazib beriladi. Suv asab va yurak-tomir tizimi faoliyati uchun juda zarur, u umurtqalar orasidagi gardishlar va bo‘g‘imlarni oziqlantiradi.

Erta uxlash

O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda “boyqushlar” “turg‘aylar”ga qaraganda kamroq umr ko‘rar ekan. Kech yotadiganlarda ko‘pincha qandli diabet va yurak-tomir kasalliklari kuzatiladi. Bunday odamlarda uyquning sifati ham unchalik yaxshi bo‘lmaydi.

Hamma gap shundaki, yarim tungacha bo‘lgan uyqu qancha uzoqroq davom etsa, organizmda melatonin gormoni shuncha ko‘proq ishlab chiqariladi. Bu gormon nafaqat kuchlarni tiklash va bardam uyg‘onishga, balki qondagi shakar miqdorini pasaytirishga, immun tizimi faoliyatini yaxshilashga, stressdan himoya qilishga va zararli o‘simtalarning oldini olishga ham yordam beradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: