Umrni uzaytiruvchi 5 oziq-ovqat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Umrni uzaytiruvchi 5 oziq-ovqat
- Дата релиза: 03-05-18, 10:12
Olimlarning aniqlashicha, uzoq umr ko‘rish nafaqat irsiy moyillikka, balki bizning yashash tarzimizga, ya’ni o‘zimiz nazorat qilishimiz mumkin va hatto kerak bo‘lgan ko‘pgina mayda omillarga: ovqatlanish, uyqu, jismoniy faollikka bog‘liq ekan.
Huffington Post nashri umrni uzaytirishga yordam beruvchi eng foydali oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Brokkoli karami saratondan himoyalanish uchun
Brokkoli va boshqa xochgulli sabzavotlar tarkibida sog‘lom hujayralarning erkin radikallar tomonidan zararlanishidan himoya qilishga yordam beruvchi sulforafan va boshqa antioksidantlar mavjud.
Sabzavotlarga kelganda esa ularni xom holda iste’mol qilishga harakat qiling.
Yaxlit donlilar yurak-tomir kasalliklarida
Yaxlit donlar tarkibida xolesterindan himoya qilish va qondagi shakar miqdorini tartibga solishga yordam beruvchi turli xil antioksidant va vitaminlar bor. Yaxlit donlarning bir turi — suli — avenanthramides deb nomlanuvchi xolesterindan qo‘shimcha ravishda himoya qilishni ta’minlaydigan antioksidantga ega.
Rezavor mevalar miya, suyaklar va mushaklar uchun
Rezavor mevalar organizmni erkin radikallardan himoya qiluvchi antioksidantlarga juda boy. Shuningdek ularning tarkibidagi antotsianlar miyaning va mushak to‘qimalarining to‘liq faoliyat ko‘rsatishida ayniqsa foydalidir.
Qoramtir shokolad yallig‘lanishlarga qarshi kurashish uchun
Qoramtir shokolad tarkibida antioksidantlik xususiyatlariga ega bo‘lgan va tromblar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beruvchi, yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi flavonoid moddalari mavjud.
Pomidor saratonni davolash uchun
Pomidor eng kuchli karotinoid — inson qonida uchraydigan antioksidant hisoblanuvchi likopinning ajoyib manbasi. Ma’lum bo‘lishicha u prostata, o‘pka va me’da saratonlaridan himoya qilishga yordam berar ekan.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар