UMURTQAMIZ SALOMATLIGI UChUN 8 TA MAShQ.
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: UMURTQAMIZ SALOMATLIGI UChUN 8 TA MAShQ.
- Дата релиза: 19-11-17, 16:37
Kursida o`tirgan holatda qo`llarni erkin qo`ying. Gavdani tik tuting, elkalarni quloqqa yaqinlashtiring, so`ng yana daslabki ko`rinishga qaytaring. Avval sekin-astalik bilan boshlab, keyin mashq tezligini oshirasiz. Umumiy hisobda 8 marta bajarasiz.
Gavdani tik tuting. Engil harakatlar bilan orqa kuraklarni bir-biriga yaqinlashtirib, so`ng asl holiga keltiring. Mashqni 6-7 marta takrorlaysiz.
O`tirgan holatda oyoqlarni elka kengligiga moslang. Qo`llaringizni elkaga qo`ying. Avval oldinga, so`ng orqa tarafga elkalarni aylanma harakatlantiring.
Qo`llarni boshning orqa tarafiga oling. Faqat tananing yuqori qismi harakatlanadi. Avval o`ngga, so`ng chap tarafga qarang. Mashqni 6 marta takrorlang.
Qo`llaringizni boshning orqa tarafiga oling. Gavdani tik ushlang. O`tirgan holatda imkon qadar ortga egilishga harakat qiling.
Gavdani to`g`ri tutgancha, boshingizni ikki yon tarafga harakatlantiring. 6 marta takrorlaysiz.
Kursining bir tarafiga omonatgina joylashing. Qo`llarni tizza ustiga qo`ying. Elkangizni oldinga, tizzaga engashtirib, 2 soniyadan so`ng yana dastlabki holatga qayting.
Kursida to`g`ri holatda o`tiribsiz. Qo`llar tizza ustida. Faqat umurtqaning o`zini harakatlantirasiz. Avval o`ngga so`ng chapga.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар