Umurtqamiz uchun 5 mashq
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Umurtqamiz uchun 5 mashq
- Дата релиза: 02-04-17, 13:08
Umurtqadagi og`riq va kayfiyatsizlik, buni qarangki, bir-biriga bog`liq ekan. Muammolardan berkinadigan kishilar ko`pincha ushbu holatga duch kelishadi. Nega deysizmi? Ruhiyatdagi salbiy o`zgarishlar qon tomirlarining tonusiga ta`sir etib, umumiy qon aylanishini o`zgartiradi. Bu esa nafaqat umurtqada balki, qo`l va oyoqlarda ham og`riqni keltirib chiqaradi.
1. Har kuni 8-10 daqiqa umurtqani to`g`ri tutish mashqini bajaring. Buning uchun devorga suyanish lozim. Shunchaki suyanmang, balki umurtqa suyagini to`g`ri tutib, elkalarni tekislang. Boshni pastga engashtiring. Elkangiz devorga tegib tursin. Belgilangan vaqt davomida tanangiz shu holatni eslab qoladi. So`ng gavdani tik tutib turishga o`rganadi.
2. Oyoqlarni chalishtirmang. Oyoqlarni bir-biriga chalishtirib o`tirish, umurtqaning pastki pog`onasiga og`riq berib, qon aylanishini buzadi. Muntazam bu holatda o`tirish, kichik tos sohasi yoki jinsiy a`zolarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
3. Kursiga o`tirayotganda asta harakat qilish lozim. Keskin ravishda gavdani kursiga tashlash umurtqa suyagi kemirchagi diskiga zarar keltiradi.
4. Biror ish yuzasidan uzoq vaqt tik oyoqda turib qolishga to`g`ri kelsa, har 15 daqiqada oyoqlar holatini o`zgartiring. Masalan, bir oyoqqa suyanib turganingizda, 15 daqiqadan keyin gavda og`irligini ikkinchi oyoqqa tashlang. Shunda umurtqani bir hilda ushlab turolasiz. Joyingizda turib yurishingiz mumkin. Bu oyoq mushaklari va umurtqa uchun foydali.
5. Hatto 2-3 kilogramm yukni ko`tarsangiz ham imkon qadar og`irlikni teng taqsimlashga harakat qiling. Ikkala qo`lingizda g`am bir xil og`irlikdagi yuk bo`lsin. Agar og`irlik bir tarafga tushib qolsa, umurtqa suyagida qiyshayish yuz berishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар