UNAShTIRUVDAN KEYINGI TANIShUV

UNAShTIRUVDAN KEYINGI TANIShUV

UNAShTIRUVDAN KEYINGI TANIShUV
— 19 yoshdaman. Oilada uch nafar qiz voyaga etdik. Opam turmushga chiqib, baxtli yashamoqda. Bir yil avval meni mahallamizdagi bir yigitga fotiha qilib qo`yishgandi. Bahorda to`yimizni o`tkazish rejalashtirilgan. Yaqinda telefon orqali gaplashib bir yigit bilan tanishdim. Unga ko`ngil qo`ydim. Onamga aytib, fotihani buzishlarini va o`zim yoqtirgan yigitga turmushga chiqarishlarini so`ramoqchiman. Siz nima deysiz?..

Irodaxon, Marg`ilon shahri

Muhiba HAMIDOVA, filologiya fanlari nomzodi, jurnalist: — Asal qizim, ko`ngilning ayri ko`chalari qursin-a. Unashtirilgan qiz nima qilib boshqa bir yigit bilan telefonlashib, boshingizga muammo orttirib yuribsiz. Uyat, sharmandalik, ona qizim! Bu gapni bizga maslahat solib, ko`nglingiz, vijdoningiz qiynalganiga malham istabsiz, rahmat. (O`z bilganidan qolmaydigan qizlarimiz ham bor-da.) Endi bizga quloq ossangiz, qizim, bu hoyu havasdan voz keching. Telefondagi yolg`onchi xushomadlarga uchmang. Ota-onangizning yuzini erga qaratmang. Ular mahallada qanday bosh ko`tarib yurishadi? O`zingiz-chi? Beburd qiz degan yomon nom orttirib isnodga qolmaysizmi? U bo`lg`uvsi kuyov bola — sizga umrlik yo`ldosh bo`lish, sizni baxtli ayol qilish orzusida yurgan begunoh yigit bechoraning aybi nimada?

Keling, sizning ko`nglingizga qaytadigan bo`lsak, agar turmushga chiqadigan mahalladosh yigitga ko`nglingiz “jizz” etmaganida, avvalo, to`yga rozilik bermasdingiz, to`g`rimi? Qolaversa, “unashtirilganmiz” deb bir yildan beri nari-beri gaplashib yurgandirsizlar. Bu va`dalar qani? Qolaversa, qaynonangiz kelin liboslarni sizning bo`y-bastingizga mos qilib, yaxshi niyatlar bilan xarid qilib qo`ygan. Ezgu niyatlarga hamroh bo`ling, qizim.

Sizdagi qiz bola oriyati mustahkam, ismingizga munosib irodali, bir so`zli inson ekaningizga hammani ishontiring. Avval baxt — naqd baxt, qizim. Orqaga chekinish, fikrni o`zgartirish yaxshilikka olib kelmaydi. Telefondagi oshiq qizlar bilan telefonlashib, baxtini topib olar. Unga ham iymon-insof tilab qolamiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: