Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Unumdorlikni oshirish uchun 6 ta oddiy va amaliy maslahat
Unumdorlikni oshirish uchun 6 ta oddiy va amaliy maslahat

Unumdorlikni oshirish uchun 6 ta oddiy va amaliy maslahat

Unumdorlikni oshirish uchun 6 ta oddiy va amaliy maslahat
Shubhasiz, siz bu maslahatlarni ko‘p eshitgansiz, lekin ularni yana bir marta eslash ortiqchalik qilmaydi. Ular hayotingizni hamma sohalarda yaxshilashga yordam beradi.

Yig‘ilishni cho‘zib yubormang

Yig‘ilishga beshtadan ortiq odam taklif qilmang va 30 daqiqadan ko‘pga cho‘zmang. Yig‘ilish oxirida albatta keyingi qilinadigan ishlar ko‘rib chiqilishi kerak, aks holda bu majlisning oshxonadagi suhbatlardan farqi bo‘lmaydi.

Ishlar ro‘yxatini to‘g‘ri tuzing

Agar har bir bandga dedlayn qo‘yilgan bo‘lsa, ishlar ro‘yxati juda foydali bo‘ladi. Aks holda bu qachondir bajarilishi kerak bo‘lgan uzundan-uzoq ishlar ro‘yxatiga aylanib qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ma’lum bir vaqtni ajrating

Hamma xabarlarni to‘xtatib qo‘ying va ijtimoiy tarmoqlarga kiradigan aniq bir vaqtni belgilang. Agar buni amalga oshirmasangiz, siz xabarlarning yopiq doirasiga tushib qolasiz.

Eng qiyinidan boshlang

Qiyin qismini keyinga qoldirmang, uni darrov bajaring. Shunda kunning qolganini o‘tkazish yoki ishning qolgan qismini qilish ancha osonroq bo‘ladi. Bunday yondashish prokrastinatsiyani yengishga yordam beradi.

Miriqib uxlang

Uyquni qurbon qilish bilan siz o‘z maqsadingizga yaqinlashmaysiz. Agar sizga 8 soat uyqu zarur bo‘lsa, lekin 6 soat uxlagan bo‘lsangiz, unda sizning kunduzgi ishingiz unumli bo‘lmaydi. Balki siz ish kuniga 2 soat qo‘shgan bo‘lishingiz mumkin, lekin ishning sifatidan ancha ko‘prog‘ini yo‘qotgan bo‘lasiz. Buning ustiga salomatligingizga ham zarar yetkazasiz.

Mayda ishlarga ko‘p vaqt sarflamang

Ba’zan biz mayda ishlarga shunchalik o‘ralashib ketamizki, haqiqatda muhim bo‘lgan ishlarni unutib qo‘yamiz va vaqtning qanday o‘tganini sezmay qolamiz. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlarning aniq ro‘yxatini tuzing.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: