Unutuvchanlik aql uchun foydalimi?

Unutuvchanlik aql uchun foydalimi?

Unutuvchanlik aql uchun foydalimi?
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘p narsani unutib qo‘yish nafaqat normal holat, balki foydali ham ekanligini isbotladi. Shuning sharofati bilan biz aqlliroq bo‘lamiz.

Toronto universiteti olimlari Pol Franklend va Bleyk Richardz taxmin qilishicha, xotiraning vazifasi axborotni uzoq vaqt davomida aniq holatda saqlashdan iborat emas. Ularning so‘zlariga ko‘ra, xotiraning asosiy vazifasi — muhim narsalarni saqlab qolish va ahamiyatsizlarini o‘chirish hisobiga aql bilan qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish.

Nima uchun unutish kerak?

Franklendning sichqonlar ustida olib borilgan tajribalaridan biri bosh miyaning yangi hujayralari shakllangan vaqtda, yangi aloqalar eski xotiralarni qaytadan yozishini va ularni deyarli “qo‘l yetmaydigan” joyga o‘tkazib qo‘yishini ko‘rsatdi.

Eski xotiralarning vaqti-vaqti bilan yangilari bilan almashtirib turilishi evolyutsiya nuqtai nazaridan ancha foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, bu bizga yangi vaziyatlarga moslashish va eskirgan va potensial jihatdan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotdan qutulish imkonini beradi.

Miyamiz bizga o‘tgan voqealar tafsilotlarini unutishda yordam beradi va xotirada umumiy kartinani saqlab qoladi, xolos, bu esa, tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bizga o‘tgan tajribalarni umumlashtirish va ularni joriy vaziyatda qo‘llash imkoniyatini beradi.

Nimani unutish kerak?

Agar siz avvalgidan yoki o‘zingizga keragidan ko‘proq narsani eslab qololmayotganingizni sezsangiz, sizga shifokor maslahati ortiqcha bo‘lmaydi. Agar siz alohida detallarni unutayotgan bo‘lsangiz, bu ehtimol, sog‘lom, to‘g‘ri ishlayotgan xotira ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Bu xotirada telefon raqamlarini yoki istalgan vaqtda Internetdan topish mumkin bo‘lgan narsalarni saqlash hojati bo‘lmagan raqamli davrda ayniqsa dolzarb.

Ko‘plab raqamlar va faktlar o‘rniga, miyamiz endi biz uchun haqiqatda muhim bo‘lgan xotiralarnigina saqlashi mumkin.

Richardz, shuningdek, xotirani muntazam ravishda jismoniy yuklanmalar yordamida tozalab turishni tavsiya etadi, ular gipotalamusdagi neyronlar soni oshishiga imkoniyat yaratadi. Agar shunda ham nimadir unutilsa, demak u siz uchun muhim bo‘lmay qolgan.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: