UY BEKALARI UChUN FOYDALI MASLAHATLAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: UY BEKALARI UChUN FOYDALI MASLAHATLAR
- Дата релиза: 03-11-17, 21:06
Agar trikotajkofta yoki futbolkangiz juda g`ijim bo`lib qolsa, uni tekislashning oson yo`li bor. Ularni dush qabul qilayotganda vannaxonada ilib qo`ying. 10 daqiqalarda ko`ylak tekislanadi.
Zar qog`oz (folga) bilan shisha idishlarni juda oson va yaxshi tozalash mumkin. Zar qog`ozni shar shaklida o`rab, oddiy idishlarni yuvgandek ko`piritirlgan suv bilan ishqalab yuving.
Zamsh oyoq kiyimlarni tirnoq egovchasi yordamida tozalash mumkin.
Sellofanga sirka sepib, dush jo`mragini o`rab qo`ying. 1 soatdan keyin suvni oqizib, yuvib tashlang. Shunda jo`mrag yangidek bo`ladi.
Chashkadagi qahva izini ketkazish uchun apelsin yoki limon po`stiga tuz sepib, shu vosita bilan idishni tozalang.
Paltodagi dog`larni jilvirtosh (pemza) bilan tozalash mumkin.
Rezinka grelkadagi suv uzoqroq issiq saqlanishi uchun suvga biroz tuz soling.
Qishga kartoshka g`amlab qo`ymoqchimisiz? Ular chirib kemtasligi uchun kartoshka qopiga lavlagi ham solib qo`ying. Lavlagi mahsulotlarni zaxdan asraydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар