Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » UY BEKASI BO`LIShNING 10 TA AFZAL TOMONI
UY BEKASI BO`LIShNING 10 TA AFZAL TOMONI

UY BEKASI BO`LIShNING 10 TA AFZAL TOMONI

UY BEKASI BO`LIShNING 10 TA AFZAL TOMONI
Uy bekasi degan so`zni eshitganda ko`pchilikning ko`z o`ngida darrov ertadan-kechgacha oshxonada uymalanishu uy tozalashdan ortmaydigan, o`ziga vaqt ajratishga sira hafsala qilmaydigan ayol gavdalanadi. Agar siz ham uy bekasi deganda egnida fartuk, bir qo`lida chang latta bilan ishdan bosh ko`tarmaydigan ayolni tasavvur qilsangiz, yanglishasiz! Ishga boshdan-oyoq sho`ng`ib ketganingiz uchun ham uy bekasi bo`lishning afzal jihatlariyu gashtini bilmaysiz-da! Karera ortidan quvib, uy bekasi bo`lishning shirin gashtidan mosuvo ayollar, quyidagi o`ntalikni o`qib, «Bugunoq ishdan bo`shayman!» deb qolmasangiz bo`ldi...

1. Erta tongda soat qo`ng`irog`i jiringlashi bilan uyqudan zo`rg`a ko`z ochib, oyog`i kuygan tovuqdan shoshib yurmaysiz. To`yib uxlab, ko`ngildagidek nonushta tayyorlab, turmush o`rtog`ingizni ishga, bolalarni bog`chayu maktabiga xotirjam kuzatasiz.

2. Avtobus bekatida asabiy holatda soatlab transport kutib, kamiga sig`may qolganingiz uchun taksiga orticha pul sarflamaysiz. Mashinada tirband yo`lga tushib olib, psixiatrga navbatdagi mijoz tayyorlamaysiz.

3. Dam olish kunlarini orziqib kutib, natijada esa u kunni faqat uyum turgan kirlaru uy tozalashga sarflamaysiz. Oilaviy kino, teatr, dam olish maskanlariga borib, maza qilib hordiq chiqaradigan uy bekalari safidan joy egallaysiz?!

4. «Menga yigirma to`rt soat vat kamlik qilyapti», deya uzundan uzoq rejalarni amalga oshirish maqsadida o`zingizni o`qa-cho`qa urmaysiz. Vaqtni to`g`ri taqsimlovchi uy bekalari bu boradagi barcha minuslarni allaqachon plyusga aylantirib bo`lgan.

5. Uy ishlariyu oila a`zolarining xizmatidan ortib, shaxsiy qiziqishlarga muammosiz vaqt topiladi. Istasangiz mashina haydashga, xohlasangiz oshxona borasidagi fantaziyalaringizni oshirishga imkon topasiz.

6. Vaqtida dam olib, vaqtida ovqatlanganingiz uchun har oy gastroenterolog huzuriga chopavermaysiz, ishdagi ko`ngilsizliklarni deb jig`ibiyroningiz chiqqanidan esa ruhshunosdan dugona izlashga to`g`ri kelmaydi.

7. Uy bekalari o`zini yaxshi ko`rsagina atrofidagilar ham unga xuddi shunday munosabatda bo`lishini biladi. Ustiga-ustak go`zalligiga urg`u berishga vatqi etarli. Shunday holatdagina yonida go`zal, maftunkor rafiqasini ko`rgan erkak ko`chaga emas, uyga talpinishi ham turgan gap!

8. Ishlaydigan ayollarning kun tartibi sira o`zgarmaydi. Ertalab ishga, kechqurun uyga shoshadi. Bu hol har kuni takrorlanadi. Uy bekalari esa vatqini xush o`tkazadi. Bora-bora hech kim payqamay qo`yadigan uy buyumlaridan biriga aylanib olishdan o`zlarini salashadi.

9. Yaqinlarini borib ko`rish naryoqda tursin, oila a`zolariga zo`rg`a vaqt topadigan ayollardan farqli o`laro shaxsiy yumushlar uchun ishdan javob so`rashga to`g`ri kelmaydi.

10. Eng muhimi, oiladagi xotirjamlikka putur etmaydi. Axir turmush o`rtog`ingiz eshikdan kirib kelganida, ochiq chehra bilan kutib olib, issiq choyyu kechki ovqatini yoniga qo`ysangiz qaysi erkakka yoqmaydi, deysiz? Qaynonangizning ham asabini asraysiz! Uy bekasi bo`lasizmi yo karerist bundan qat`i nazar oltin o`rtalikni yo`qotmasangiz bas!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: