Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » UY ShAROITIDA TABIIY TOZALASh VOSITALARI TAYYoRLAYMIZ!
UY ShAROITIDA TABIIY TOZALASh VOSITALARI TAYYoRLAYMIZ!

UY ShAROITIDA TABIIY TOZALASh VOSITALARI TAYYoRLAYMIZ!

UY ShAROITIDA TABIIY TOZALASh VOSITALARI TAYYoRLAYMIZ!
Tabiiy tozalovchi vositalarni tayyorlash har bir bekaning qo`lidan keladi. Men buni uddalolmayman, deysizmi? Ishonmaymiz! Axir buning uchun eng oddiy narsalar va ozgina xafsala kerak, xolos. Vanna, rakovina, oshxona jihozlari, oyna va deraza romlarini tozalovchi tabiiy vositalarning reseptlari esa talaygina. Demak, go`zal xonimlar, ishga kirishamiz...

Ishni vannani tozalashdan boshlaymiz!

Vannani tozalash vositasini tayyorlashga kirishamiz. Atir sovunni qirg`ichdan chiqarib, qaynagan suv qo`shing. Quyuq bo`tqa holiga kelgunigacha aralashtiring. Bir osh qoshiq iste`mol sodasi qo`shsangiz, uning tozalovchi kuchi yanada ortadi. Tayyorlangan vosita yoqimli ifor taratishi uchun bir necha tomchi efir moyi (masalan, lavandaniki)ni qo`shish mumkin. Shuningdek, efir moylari dezinfeksiya qilish xususiyatiga ham ega.

Hammomdagi oyna, deraza, kafellarning sirtki qismi bug` va suv ta`sirida xiralashib qoladi. Ularni tozalashda sirka ajoyib vosita hisoblanadi. Suv purkagichga sirka va suvni teng miqdorda solib, aralashtiring. Sirkaning hidiga toqatingiz bo`lmasa, aralashmaga bir necha tomchi efir moyi qo`shishingiz mumkin. Lekin tozalovchi vosita quriganidan keyin sirkaning hididan asar ham qolmaydi. Aralashmani tozalanadigan yuzaga sepib, yumshoq mato bilan arting. Kimyoviy tarkibga ega vositalardan farqi shundaki, uni yuvib tashlash shart emas, o`zidan so`ng iz va dog` qoldirmaydi.

Oshxonaga yo`l olamiz!

Oshxonadagi shkaf, stol va boshqa yuzalarni tozalash uchun oson tayyorlanadigan universal vositani taklif etamiz. Buning uchun 1 stakan suv, yarim stakan spirt va xuddi shuncha sirka kerak bo`ladi. Agar bu vositani saqlab qo`ymoqchi bo`lsangiz, distillangan suvdan foydalanishingizni va usti yopiladigan idishda saqlashni maslahat beramiz. Tayyor aralashmani purkagichga solib, yarim choy qoshiq apelsinli efir moyini qo`shishingiz ham mumkin. Har gal foydalanishdan oldin idishni silkiting.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: