Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Uyda mazali qahva tayyorlab, mehmonlarni xursand qiling
Uyda mazali qahva tayyorlab, mehmonlarni xursand qiling

Uyda mazali qahva tayyorlab, mehmonlarni xursand qiling

Uyda mazali qahva tayyorlab, mehmonlarni xursand qiling
Mehmondo‘st uy bekalari uchun o‘zlari tayyorlagan mazali taomlari haqida maqtovlarni eshitish juda yoqimli. Ayniqsa juda yaxshi tayyorlangan qahva uchun maqtovlar butunlay boshqacha eshitiladi. Bu esa haqiqatan hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Xo‘sh, mazali qahvani qanday tayyorlash kerak?

Bu ichimlikni tayyorlashda belgilangan shartlarga rioya qilish talab qilinadi:

Ichida haqiqiy qahva qaynaydigan eng yaxshi idish – uchi toraytirilgan turka. Idish hajmining tayyorlash vaqtida mahsulot joylashgan o‘sha qismi unga qaynash vaqtida saqlanib qoladigan boshqacha xushbo‘ylik bag‘ishlaydi.
Turkada qahva tayyorlashda pala-partishlik qilish va shoshilish yaramaydi, bu jarayon uchun vaqt sarflashga tayyor bo‘ling.
Eng yaxshi qahva, bevosita tayyorlash oldidan yanchiladigan qahva donlaridan pishiriladi, yanchish ta’bga ko‘ra tanlanadi. Haqiqiy qahva shinavandasi donlari yirik va mayda qilib yanchilgan qahva ichimliklari mazasining farqini yaxshi biladi.
Yaxshi qahva tayyorlash uchun krandagi suvdan emas, balki faqat tozalangan, suzgichdan o‘tkazilgan suvdan foydalanish zarur.
Qahvani turkada qaynatish vaqtida jarayonni qaynashgacha olib bormaslik kerak. Ko‘pikli qavat paydo bo‘lishi va turkaning og‘zigacha ko‘tarilishi bilan idishni olovdan olish, ko‘pik qavatining pasayishini kutish va uni yana olovga qo‘yish kerak. Buni bir necha marta takrorlash kerak. Ko‘pikli qavatning butunligi qahvaning bor xushbo‘yligini saqlashga yordam beradi.
Agar siz yangilik kiritishni xohlasangiz, tayyorlanayotgan ichimlikka biroz zanjabil, bir necha dona tuz qo‘shing. Bu qahvaning xushbo‘yligini oshiradi.
Qahvani turkada bir-ikki daqiqa turgandan keyin piyolalarga quyish kerak.
Shakarni, yaxshisi mehmonlarga o‘zlari mustaqil ravishda qo‘shishlarini taklif qilganingiz ma’qul.
Mehmonlaringizni haqiqiy qahva bilan siylang va haqli ravishda maqtovlarga sazovar bo‘ling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: