Uyga qanday qilib pul «chaqirish» mumkin?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Uyga qanday qilib pul «chaqirish» mumkin?
- Дата релиза: 14-06-17, 11:32
Kimdir «Pul jigardan bo`ladi» desa, yana birov uni «qo`lning kiri» deb biladi. Har ikki gapda ham jon bor. Bir oy intizor bo`lib kutgan maoshimizni kiprik qoqquncha qanday ishlatib qo`yganimizni o`zimiz ham bilmay qolamiz. Buning bari reja bilan ish ko`rmasligimizdan! Darvoqe, pul, aniqrog`i, uyga pul «chaqirish» borasida ham turli irimlar borligi haqida eshitganmisiz? Qizig`-a? Ularni eshitib, beixtiyor mashhur filmimizdagi «tinib-tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o`ylab topishmaydi-ya» degan ibora esga tushadi. Quyidagi yarim afsona, yarim chin irimlarni o`qib, ehtimol sizda ham shunday bo`lar…
1. Maoshingiz chapga-o`ngga qayrilmay, to`g`ri uyingizga borib, toshdek qotishini istaysizmi? Unda «peshana teringiz»ning bir so`mini ham ishlatmay, xonadoningizga olib boring, hech bo`lmaganda bir kecha uyda «tunashi» shart!
2. Yoshi ulug`lar «Yil davomida kattaroq miqdordagi mablag`ni sarflamay uyingda saqla! Sening quvonchingdan «ilhomlangan» pullar yoniga sherik chaqiradi», deyishadi.
3. Uy ichida hushtak chalsangiz va non ushoqlarini qo`lingiz bilan sidirsangiz ham xonadoningizga pul kelmas ekan.
4. Uyda pul yig`ilishini istasangiz, supurgi dastasini tik qilmay, erga yotqizib qo`ying.
5. Boshlig`ingizdan maoshingizni oshirishini so`ramoqchimisiz? Bu ishni chorshanba kuni kunduzi amalga oshirish kerak ekan.
6. Dushanbada qarz ola ko`rmang, seshanbada aksincha! Olgan qarzingizni qaytarish uchun esa jumadan boshqa kunlarni tanlang.
7. Agar biror kim sizdan qarz so`rasa, ertalab bering.
8. Umuman olganda, qarz olishga odatlanmang! Yaxshisi, kimningdir pul borasidagi mushkulini engillashtiring. Bu bilan mablag`ning sizga doimiy «talpinishi»ni dasturlashtirgan bo`lasiz!
9. Mavsumi o`tgan liboslaringizni javonga joylashdan avval cho`ntagiga pul solib qo`ying! Darvoqe, e`tibor bering, pullar yirtiq va tugmasi tushgan cho`ntaklarni yoqtirmas emish.
10. Hamyoningiz sira bo`sh qolmasin? hech bo`lmaganda tanga solib qo`ying. Yana bir qoida: pullarni hamyoningizga old tarafini o`zingizga qaratib joylashtirishingiz kerak ekan.
11. Ba`zilar hamyonida «omadli pul» olib yuradi. Ya`ni birinchi maoshi yo biron muvaffaqiyatli bitimdan kelgan mablag`dan bittagina bo`lsa ham pul solib qo`yishadi.
12. Yana shunday irim borki, topib olingan yo yutuqqa kelgan pullar muvaffaqiyat keltirmaydi, deb hisoblashadi. Bunday mablag`ni beva-bechoralarga bering yo ishlatib yuboring. Aslo hamyoningizga sola ko`rmang!
13. Asosiy qoida: pul borasida o`ta tejamkor, ziqna bo`lmang, barakasi uchadi. Qo`lingiz ochiq bo`lsa, pul ham, baraka ham sizga talpinaveradi!
Guvohi bo`lganingizdek, pulning ketishi kabi kelishi ham oson. Faqatgina rejali bo`lsangiz kifoya. Axir bejizga «Rejalining ishi tejog`lik» deyishmagan! Eng asosiysi, pulingizning miqdori qancha bo`lishidan qat`i nazar, barakasini bersin!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар