Uyga yoqimli hid berishning 5 usuli
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Uyga yoqimli hid berishning 5 usuli
- Дата релиза: 11-01-18, 08:57
Uyga kirishingiz bilanoq nafasni bo‘g‘uvchi hidni sezishdan yomoni yo‘q. Quyidagi 5 usul uyingizni tozalik va yoqimli hidlar bilan to‘ldirishga yordam beradi.
Kir yuvish mashinasi uchun salfetkalar
Kirlarni quritish vaqtida qo‘shiladigan nozik hidli salfetkalar faqat buning uchun kerak bo‘lmaydi. Bir-ikki dona salfetkani choyshablar, kiyim-kechaklar saqlanadigan shkaflarga, havo aylanadigan teshiklarga qo‘yib qo‘ying va xonalar havosiga yoqimli hid berish uchun ular bilan plintuslarni arting.
Vanil ekstrakti
Pishiriqlar pishirishda ishlatiladigan bu vosita sizga faqat pazandalikdagina asqotmaydi. Bu ekstraktning bir-ikki tomchisini elektr lampochkasiga surib qo‘ysangiz uni yoqqaningizda xona bo‘ylab yoqimli hid taraladi, yoki ikki choy qoshiq ekstraktni 20 daqiqa davomida duxovkada qizdirsangiz butun uy ichi nozik vanil hidiga to‘ladi.
Qo‘lbola shamlar
Tarkibiga odatdagi oziq-ovqatlar — apelsin, limon, qahva donlari va dolchin qo‘shib qilingan qo‘lbola shamlar uydagi eng muammoli joylar— vannaxona, oshxona va bolalar yotoqxonalariga yoqimli hid bag‘ishlaydi.
Tabiiy gullar
Uy ichida gullar hidini yaratishning eng oddiy va tabiiy yo‘li — gullar o‘stirish! Tuvakda o‘stirilgan lavanda, uchqat, yalpiz yoki plyumeriya yoqimli hid taratish bilan birga xona havosini tozalaydi ham.
Efir yog‘lari
Uy havosini yaxshilash uchun efir yog‘laridan foydalanish usullari son-sanoqsizdir. Maxsus diffuzorni ishlatishdan tashqari, siz bu xushbo‘y yog‘larning bir necha tomchisini havo filtrlariga, xona burchaklariga yashirilgan paxta dumaloqchalariga surishingiz, ularni suvga aralashtirib purkagich yordamida mebellar va yostiqlarga sepishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар