UYIM ISSIQ BO`LSIN DESANGIZ…
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: UYIM ISSIQ BO`LSIN DESANGIZ…
- Дата релиза: 18-10-17, 12:47
Hademay qishning sovuq kunlari boshlanadi. Xo`sh, sovuq mavsumni qarshi olishga tayyormisiz? Javob berishdan avval xonalarni birma-bir ko`zdan kechiring. Hech qaerida sovuq havo kirishi uchun yoriqlar yoki teshiklar yo`qmi, deraza oyna va romlari mustahkam o`rnatilganmi? Agar biror erda muammoga duch kelsangiz, darhol uni bartaraf etishga kirishing. Bu ishda biz sizga yordam beramiz. Uyni isitish uchun qiziqarli va foydali maslahatlar bilan tanishing.
Qaerdan sovuq kirayapti?
Deraza va eshiklar, shuningdek, devorlarning birlashgan qismiga yaqinroq kelib, gugurt chaqing. Olov harakatini kuzating. Sovuqlik qaerdan kirayotgan bo`lsa, olov o`sha tarafga hilpiraydi. Bir qarashda bu katta muammodek tuyulmasa-da, aslida mana shunday kichik teshiklardan kirayotgan sovuqlik xona haroratiga zimdan ta`sir etadi.
Kirish eshigi
Agar eshik va unga tutashgan devor orasida yoriqlar bo`lsa, darhol ularni bekitish kerak. Bunda qurilish ishlarida ishlatiladigan montaj ko`pigi yoki plastmassa xom ashyosidan tayyorlangan ensiz uzun taxtacha (reyka)lar qo`l keladi. Agar montaj ko`pigidan foydalanishni istasangiz, ishingiz oson bitadi. Plastmassa taxtachalarni esa devor orasidagi teshik o`lchamiga moslab tanlash va to`g`ri o`rnatishni uddalash kerak. Yaxshisi, bu ishni erkaklar bajargani ma`qul. Siz esa deraza va romlar orasiga diqqat qiling.
Deraza va romlar
Sovuq havo uyga ko`proq deraza va romlar orasian «hujum qiladi». Bunday muammoga duch kelmaslik uchun havo issiqligida teshiklarni yopib oling. Bunda sizga yana montaj ko`pigi yordam berishi mumkin. Agar qurilish xom ashyosiga murojaat qilishga imkoningiz bo`lmasa, oddiy paxtadan foydalanish ham mumkin. Keraksiz paxtani yaxshilab zichlang-da, teshiklar orasiga joylang. Natijani mustahkamlash uchun rangsiz yopishqoq skochni paxta solingan teshik ustidan yopishtiring. Mazkur usul yordamida vaqtinchalik bo`lsa-da issiqlikni ta`minlash mumkin.
Oshxona eshigi
Ko`p qavatli uyda yashasangiz, oshxona eshigi bilan muammo bo`lmaydi. Ammo hovlida yashaydiganlar uchun sovuq havoda oshxonaga yugurib kirib olish yaxshi tanish. Ayniqsa, qor-yomg`irli kunlarda oshxona eshigi ochilib-yopilaverganidan xona harorati ham pasayadi. Biroq bu muammoning ham echimini topsa bo`ladi. Agar oshxona eshigining pastki qismida sezilarli darajada ochiqlik bo`lsa, o`sha qismining o`ziga keraksiz palosdan ingichka qilib kesib, qoqib qo`ying. Mayda mixdan foydalansangiz, bajargan ishingiz ko`rkam bo`lib, eshik ko`rinishi buzilmaydi. Gilamchani eshik o`lchamiga moslashni unutmang. Yo`qsa, eshikning ochilib-yopilishi qiyinlashishi mumkin.
Pol
Oyoq tagi issiq bo`lsa, sovuq havo ham ta`sir etmaydi. Polingiz issiq bo`lishini istasangiz, zamonaviy isitish moslamalarini pol tagiga o`rnatishingiz mumkin. Biroq bunga sharoitingiz bo`lmasa, qo`l ostida bor narsalardan foydalanib, vaziyatdan chiqishni uddalang. Misol uchun, oddiy palos ustidan gilam to`shang. Bu usulni oila a`zolaringiz ko`proq yig`iladigan xonalarda qo`llash mumkin. Ovqatlanish xonasi uchun oyoq tagiga keraksiz palosdan kichik gilamchalar qirqib, to`shang. Qarabsizki, oyoq tagidan zax o`tmay, xona issiqligi ta`minlanadi.
Isitgich quvurlari
Xonani yaxshiroq isitish uchun isitgich quvurlarining orqa tarafiga alyumin zar qog`oz (folga)ni yopishqoq skoch yordamida yopishtiring. Shunday qilsangiz, isitgich quvuridan chiqayotgan issiqlik to`g`ri xona bo`ylab tarqaladi.
Xonalarni issiq saqlash uchun…
Har bir xona eshigini yopib yuring, lekin vaqti-vaqti bilan xonalarni shamollatib turish ham yodingizdan ko`tarilmasin. Xona harorati almashinib tursa, devorlarda namlik to`planmay, harorat mo``tadillashadi.
Isitgichlar
Isitgich tanlashda uyning kattaligi, xonalar miqdori va interer ko`rinishini e`tiborga oling. Axir xarid qilgan isitish moslamasi xonaga ko`rk berishi kerak. Ortiqcha buyumdek ajralib tursa, xunuk ko`rinadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар