UYINGIZDA MIKROB TO`PLOVChI 9 BUYuM
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: UYINGIZDA MIKROB TO`PLOVChI 9 BUYuM
- Дата релиза: 27-10-17, 18:30
Sovun qutichasi. Bu buyumning birinchi o`rinni egalashiga sabab uning doim vannaxonada — issiq va nam joyda turishidir. Yaxshisi, panjarasimon shakldagisini tanlang-da, uni deyarli har kuni tozalab turing. Suyuq sovun ishlatsangiz unda ham yaxshi.
Kir yuvish mashinasi. Bu uskuna ham doim issiq va nam holatda bo`lgani uchun, nafaqat zararli bakteriyalar, zamburug`lar, eng xavflisi, qora mog`or yig`adi. Agar kir yuvish mashinasini tez-tez tozalab turmasangiz, ular kiyimlaringiz orqali sizga hujum qilishi mumkin. Har gal undan foydalanganingizdan keyin maxsus tozalovchi vosita solib, chayqash rejimiga qo`ying. So`ngra yana bir bor tozalab oling.
Eshik tutuqichi. Axir uni kuniga necha yuz marta ushlaysiz va boshqalar ham xuddi shunday. Demak, tez-tez nam sochiq yoki spirt bilan tozalab turishga erinmang.
Tish cho`tkasi ham vannaxonada turgani sabab zaarli bakterialarga tez o`ziga chaqiradi. Yana tag`in u bilan tishlarinigzni tozalaysiz. Shu sababli uni har uch oyda yangilab, albatta, qopqog`i yopiq holda saqlang.
Pult ham mikroblar manbai! U bilan televizor, isitgichlarni boshqarib, ishiningizni engillashtirasiz. Ammo tozalab turishni ham unutmnag. Haftada hech bo`lmaganda bir marta yoki nam mato, yoki sprtda namlangan mato bilan arting.
Kalit. Haftasiga, albatta, bir marta tozalab, arting. E`tibor bermagan shu kichik narsa orqali ham mikroblar sizga bemalol hujum qilishi mumkin.
Kompyuter sichqonchasi. Haftasiga 2-3 marta, albatta, spirtda namlangan sochiqcha bilan artish lozim.
Karmon. Yo`g`-ey demang! Axir pullaringiz turadigan joy shu-ku! Mikroblar, zamburug`lar, bakteriyalar va veruslar koni! Avval quruq mato, keyin spirt bilan artib, so`ngra yana bir marta tozalang.
Qo`l telefoni yoki telefon go`shagini ham spirtda namlangan sochiq bilan artib turishni unutmang.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар