Uylanish Hukmlari..
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Uylanish Hukmlari..
- Дата релиза: 16-05-14, 22:01
Uylanish orqali ayol
erkakka halol bo’ladi.
Uylanish ikki (2) turga
bo’linadi:
1. vaqtli uylanish.
2. vaqtsiz uylanish.
Vaqtli uylanish:
uylanish muddati
muayyan qilingan,
aniqlangan uylanishga
vaqtli uylanish deyiladi.
Masalan: bir (1) soat yo
bir kun yoki bir yil dan
ortiqroq vaqtga ayol
bilan uylansa, bunday
uylanishga vaqtli
uylanish deyiladi.
Vaqtsiz uylanish:
uylanish muddati
muayyan qilinmagan,
aniqlanmagan
uylanishga vaqtsiz
uylanish deyiladi.
Doimiy turmush o’rtoq:
vaqtsiz uylanish orqali
olingan ayol.
Vaqtinchalik turmush
o’rtoq: vaqtli uylanish
orqali olingan ayol.
uylanish hukimlari
2483- modda:
Uylanishda (xoh vaqtli
uylanish bo’lsin, xoh
vaqtsiz bo’lsin),
uylanish duosi o’qilishi
farz! Erkak bilan
ayolning roziliklari
kifoyat qilmaydi.
Uylanish duosini, erkak
va ayolning o’zlari
oqishlari mumkin.
Ammo (turli sabablar
tufayli o’zlari
o’qimasalar,) boshqa
kishini uylanish duosini
o’qishi uchun vakil qila
oladilar.
2484- modda:
Bu duoni oqiydigan
kishi erkak bo’lishi
lozim emas! Ayol kishi
ham vakil bo’lib o’qiy
oladi.
2485- modda:
Er- xotin, vakillari
uylanish duosini
oqiganiga ishonch
hosil qilmagan
bo’lsalar, mahramchilik
(er- xotinlik)
robitalarini barqaror
qila olmaydilar. Hatto,
uning bu duoni
o’qiganini
gumonsirasalar-da,
bunday aloqani amalga
oshira olmaydilar.
Ammo, vakqilning o’zi “
uylanish duosini
o’qidim” deb iqror
qilsa, kifoyat qiladi.
2486- modda:
...
2487- modda:
bir kishi, uylanish (xoh
vaqtli, xoh vaqtsiz
uylanish) duosini
o’qish uchun, ham
erkak va ham ayol
tarafidan vakil bo’la
oladi. Shuningdek,
kishi, ayol tarafidan
vakil bo’lib, u bilan o’zi
vaqtli yo vaqtsiz uylana
oladi. Ammo bunday
o’rinda duoni har
ikkalasi o’qishi
mustahab.
Vaqtsiz uylanish
duosining o’qilish tarzi
2488- modda:
vaqtsiz uylanish
duosini erkak va
ayolning o’zlari
o’qisalar, birinchi bo’lib
ayol bunday deydi:
”men, ma’lum mahriya
bilan o’zimni senga
uylantirdim”
erkak ham tezda
qo’yidagicha desin:
”bu uylanishni qabul
qildim”. Bunday
deyishlari bilan
uylanish tugallanadi.
Ammo, ular boshqa bir
kishini vakil qilsalar,
ayolning vakil bunday
deydi:
”meni o’z vakili qilgan
Mohigulni (Mohigul
o’rniga ayolning ismi
aytilsin), seni o’zining
vakili qilgan Ahmadga
(Ahmad o’rniga
erkakning ismi
aytilsin), ma’lum
mahriya bilan
uylantiridim.”
erkakning vakili tezlik
bilan qo’yidagicha deb
aytadi:
”meni o’z vakili qilgan
Ahmad uchun ma’lum
mahriya bilan qabul
qildim”