Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Uyquga to‘ymagan paytda qanday tetiklashish mumkin?
Uyquga to‘ymagan paytda qanday tetiklashish mumkin?

Uyquga to‘ymagan paytda qanday tetiklashish mumkin?

Uyquga to‘ymagan paytda qanday tetiklashish mumkin?
Kun uzoq va rejalarga to‘la bo‘lib, uxlashga vaqt topilmasligi kutilayotgan bir vaziyatda uyqusiramaslik va diqqatni bir joyga to‘plash uchun nima qilish kerak? Maqolada bu borada ba’zi usullarni keltirib o‘tamiz.

Qorningizni to‘ydiring

Organizmimiz xuddi mashina kabi “yoqilg‘i”dan ijobiy ta’sir oladi. Bunda uglevodlar katta rol o‘ynashini hisobga olib, tetiklashish uchun eng yaxshi yechim shirin choy va bo‘tqa yoki keks bo‘ladi.

Kontrast dush qabul qiling

Issiq va sovuq suvda navbat bilan cho‘milish organizmimiz uchun termal stress bo‘lib xizmat qiladi, unga faollik bilan qarshi tura olish uchun barcha “ombor”lar ochiladi va organizm energiya bilan ta’minlanadi.

Issiq choy yoki qahva

Termal stressning yana bir turi issiq choy yoki qahvadir. Shuningdek, ular tarkibidagi tinin yoki kofein asab faoliyatini kuchaytiradi. Shakar esa uglevod sifatida bizni tezkor tarzda energiya bilan ta’minlaydi.

Shokolad

Shokolad tarkibidagi kakao tezda uyg‘onish va o‘zini tetik his qilish imkonini beruvchi xususiyatlarga ega. Issiq shokoladga yarim choy qoshiq qahva qo‘shib yuborsangiz, bu jarayon yanada tezlashadi.

Ertalabki badantarbiyani bajaring

Ertalabki yengil jismoniy mashg‘ulot asab tizimini biroz “qitiqlab” qo‘yib, uni yanada faolroq bo‘lishga undaydi.

Yorug‘likka chiqing

Organizmimizdagi biologik soat shunday ishlaydiki, biz yorug‘ xonada qorong‘i xonadagiga nisbatan faolroq bo‘lamiz. Chiroqni yoqing yoki pardalarni oching, 10 daqiqadayoq tetiklik va yengillikni his etasiz.

Baland musiqa eshiting

Musiqa miyamizningi uyqusirayotgan qismlarini faollashtiradi. Biroq mumtoz musiqa bu maqsad uchun to‘g‘ri kelmaydi, rok musiqa esa ayni muddao.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: