Uyquga to‘ymaslik natijasida tanangizda aynan nimalar sodir bo‘ladi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Uyquga to‘ymaslik natijasida tanangizda aynan nimalar sodir bo‘ladi?
- Дата релиза: 11-01-18, 08:56
Biz dam olishni noaniq vaqtga qoldirishga odatlanganmiz: odatdagi kunlarda ishdan keyin dam olish qiyin, dam olish kunlarida rejimga rioya qilish undan ham qiyinroq. Bundan tashqari, ko‘pchiligimiz doimiy ravishda zo‘r berib ishlashga majbur bo‘ladigan organizmda nimalar sodir bo‘lishini tushunmaymiz.
Uyqusizlikka shifokorlar qanday munosabatda bo‘lishini bilishni xohlaysizmi? Unda eshiting.
Tashqi ko‘rinish
Yosh va sog‘lom ko‘rinishni xohlaysizmi? Uyquning yetishmasligi terini juda tez buzadi, ajinlar paydo bo‘ladi, terining rangi o‘zgaradi. Hammasidan yomoni shundaki, bu jarayonni orqaga qaytarib bo‘lmaydi.
Diabet
Uyqusizlikka duchor bo‘lgan odamlar ortiqcha vazn bilan birgalikda ko‘pincha ikkinchi tipdagi diabetga ham ega bo‘ladi. Agar ular sutkasiga 7 soatdan uxlamasa, insulinga bog‘liq o‘zgarishlar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Onkologiya
Haddan tashqari kam uxlash oqibatida ayollarda sut bezlari, erkaklarda esa prostata bezlari saratoni kasalliklari paydo bo‘lishi mumkin.
Yashashga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishi
Bir kunda besh soat va undan kamroq uxlaydiganlar yashashga bo‘lgan intilishini umuman yo‘qotish xavfiga duch keladi. Bunday uyqu rejimida bir haftadan keyin erkaklarda testosteron darajasi 15 foizga tushib ketadi.
Semirish
Uyqusiz o‘tgan tundan keyin organizm yetishmagan quvvatni boshqa manbalardan yig‘ib oladi. Semirish ko‘proq kam uxlashga odatlangan odamlarda uchraydi. Shuningdek tana oshirilgan miqdordagi ovqatlarni qayta ishlashga ulgurolmaydi, buning natijasida hazm qilish a’zolari bilan bog‘liq boshqa muammolar ham paydo bo‘lishi mumkin.
Yurakka zarba
Bir kunda 5 soatdan kam va 9 soatdan ko‘p uxlash yurakka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday yashash tarzi ishemik kasalliklar paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар