Uyquni yaxshilashning 10 yo‘li
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Uyquni yaxshilashning 10 yo‘li
- Дата релиза: 23-02-18, 08:50
Butunjahon uyqu jamiyati “Kattalar uchun uyqu gigiyenasining 10 qoidasini” ishlab chiqdi. Agar ularga rioya qilsangiz, sizda uyqu bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi.
Bir xil vaqtda uxlashga yoting va uyqudan turing
Ko‘pchiligimiz dam olish kunlari o‘zimizga erk beramiz va salkam tushgacha uxlaymiz. Lekin olimlar bunday o‘zgaruvchanlik oqibatida bizning sirkad maromlarimiz buzilishi mumkin deb hisoblaydi. Har kuni bir xil vaqtda uxlash va turish uyquni yaxshilashga yordam beradi.
Agar charchasangiz, uyqu uchun tanaffuslar tashkil qiling
Biroz mudrasangiz, siz yana tetiklashasiz. Lekin tushdan keyingi uyqu 45 daqiqadan oshmasligi kerak.
Zararli odatlardan voz keching
Mutaxassislar uxlashgacha qolgan 4 soat davomida spirtli ichimliklar ichmaslikni va chekmaslikni maslahat beradi. Yaxshisi bu zararli odatlarni butunlay tashlaganingiz ma’qul.
Kofein iste’mol qilishni qisqartiring
Butunjahon uyqu jamiyatining tavsiyasiga ko‘ra, uxlashga 6 soat qolgandan boshlab kofein iste’mol qilishni to‘xtatish kerak. Shuni esda tutingki, u nafaqat qahvada, balki choyda, gazli ichimliklarda va hatto shokoladda ham bor.
Uxlashdan oldin ko‘p ovqat yemang
Yengil tamaddi qilishingiz mumkin. Lekin uxlashgacha bo‘lgan 4 soat davomida og‘ir, achchiq va shirin ovqatlar iste’mol qilmang.
Uxlashdan oldin sport bilan shug‘ullanmang
Bevosita uyqudan oldin qilingan jismoniy faollik uyquning sifatiga zarar yetkazishi mumkin.
Qulay yotoq buyumlarini tanlang
Agar siz hadeb yarim kechada issiq ko‘rpada isib ketganingizdan uyg‘onib ketaversangiz, demak uni almashtirishning vaqti kelibdi. O‘zingizning sog‘lig‘ingiz uchun.
Yotoqxonani shamollating
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida derazaning ochiq bo‘lishi uyquning sifati yaxshilanishini ta’minlashi ma’lum bo‘ldi.
Xalal beruvchi shovqinlar va yorug‘likni bartaraf qiling
Xonadagi elektronika yaxshi uxlashingizga xalal berishi mumkin.
Karavot ustida boshqa ishlar bilan shug‘ullanmang
Smartfon yoki noutbuk yordamida biz xatlarga karavotda yotgan holda oson javob qaytarishimiz mumkin. Lekin bu yotog‘ingizni fikran ish joyingizga bog‘lashga olib kelishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар