UYQUSIZLIKKA QARShI ChORALAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: UYQUSIZLIKKA QARShI ChORALAR
- Дата релиза: 04-10-17, 12:11
Agar kechasi to`yib, maza qilib uxlay olmagan bo`lsak, ertasi kuni kayfiyatimiz yaxshi bo`lmaydi. Aksincha, uyqu me`yorda bo`lsa, aqliy hamda jismoniy faolligimiz oshadi. O`zimizni tetik his qilamiz. Uyqusizlikni bartaraf etish uchun esa sizga quyidagi tavsiyalarni taqdim etamiz.
Kechga yaqin ko`p ovqat emaslikka harakat qiling. Agar qorningiz judayam och bo`lsa, yotishdan 2 soat oldin engil taom eyish mumkin.
Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol mahsulotlarini iste`mol qilmaslikka harakat qiling. Sut yoki shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlamadan ichgan ma`qul. Chunki bu ichimliklar asab tizimini tinchlantiradi va uyquga ketishga yordam beradi.
Uxlashdan avval turli xil faol, harakatchan, qo`rqinchli kitoblarni o`qish, filmlarni ko`rish tavsiya etilmaydi. Uning o`rniga o`zingiz yoqtirgan hamda tinchlantiruvchi musiqa eshiting, qiziqarli kitoblarni mutolaa qiling.
Imkoniyat bo`lsa, uyquga yotishdan avval toza havoda 10-15 daqiqa davomida sayr qiling.
Agar uxlatadigan dorilarni ichayotgan bo`lsangiz, ularni kamaytirishga va bunday dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilarga o`rganib qolib, ularni ichmasangiz, uxlay olmasligingiz mumkin.
O`zingizga qulay, toza o`rinda, qorong`u, tinch va havo aylanib turadigan xonada yoting.
Uxlashdan avval turli xil muammolar haqida o`ylamaslikka harakat qiling.
Yaxshi ko`rgan sho`x musiqaga raqsga tushib, charchoq hissini paydo qilishingiz mumkin. Bu esa tezroq uyquga ketishingizga ko`mak beradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар