Uzumning 5 ta ajoyib xususiyati

Uzumning 5 ta ajoyib xususiyati

Uzumning 5 ta ajoyib xususiyati
Sog‘lom va to‘g‘ri parhez qilish – mukammal hayot garovi hisoblanadi. Lekin biz o‘z ishlarimiz bilan shunday mashg‘ulmizki, hatto tanamizni nimalar bilan oziqlantirayotganimiz haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Ko‘pchiligimiz to‘g‘ri ovqatlanmaymiz va buning natijasida organizmda foydali moddalar yetishmaydi. Bu muammoni biz kundalik iste’molimizga bir necha shingil uzum qo‘shish orqali hal qilishimiz mumkin.

Albatta, uzum hamma muammolarni bartaraf eta olmaydi, lekin u eng mazali, foydali va to‘yimli rezavor mevalardan biri hisoblanadi.

Sizni uzum yeyishga undovchi bir necha sabablarni keltirmoqchimiz.

Husnbuzarga qarshi vosita

Uzum tarkibidagi resveratrol antioksidanti husnbuzarlarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning o‘sishini kamaytiradi. Mutaxassislarning fikricha, bu antioksidant benzoil peroksidi bilan qo‘shilib husnbuzarlarni davolashni ta’minlash xususiyatiga ega bo‘ladi.

Hazm qilishni yaxshilaydi

Uzum tarkibidagi ko‘plab kletchatkalar va to‘yimli moddalar hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi, me’da buzilishi va ich qotishining oldini oladi. Glikemik ko‘rsatkichi past bo‘lgan bu mazali meva – ozuqa tolalari kam bo‘lgan ratsionli ovqatlanadiganlar uchun eng yaxshi tanlov hisoblanadi.

Uzum danaklari ekstrakti

Uzum danaklari ekstrakti xolesterinning yuqori miqdorini davolashda va saratonning oldini olishda yordam beradigan davolovchi xususiyatlarga boy. Shuningdek, u suyaklarni ham mustahkamlaydi.

Astmada yordam beradi

Sog‘lom va to‘yimli parhez haqiqatan ham astmani davolashga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, meva va rezavor mevalarni ko‘proq iste’mol qiladigan bolalar bu kasallikka kamroq chalinar ekan. Uzum danaklari ekstrakti yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega, bundan tashqari u o‘pkalar faoliyatini yaxshilaydi va ularning hajmini oshiradi.

Yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uzum yoki tarkibida polifenollar bo‘lgan boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilish yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytirar ekan.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: