Uzun kipriklar sirini ochamiz
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Uzun kipriklar sirini ochamiz
- Дата релиза: 30-08-18, 06:44
Nigohlar chiroyi ko'p jihatdan kipriklarga bog'liq ekanini yaxshi bilasiz. Shu bois hozirda ko'plab xotin-qizlar sun'iy kiprik ulashga ishtiyoqmand bo'lib ketishgan. Ammo sun'iy kipriklarni doim ham qulay va bezarar deb bo'lmaydi. Demak, bugungi maqolamizda kipriklarni uy sharoitida uzun va qalin qilish yo'llariga to'xtalamiz.
Ammo tavsiyalardan oldin nima sababdan kipriklar zaiflashishi mumkinligiga to'xtalib o'tamiz.
Endi tavsiyalarga
o'tamiz:
Kipriklaringiz uzun va sog'lom bo'lishini istasangiz, quyidagi muolajalarni qilib boring:
1. Pardozni yuvayotganda ehtiyotkor bo'ling. Qattiq ishqalash shart emas. Sovun ham ishlatmang. Yaxshisi, maxsus vositalarni qo'llang.
2. Haftada bir marotaba kipriklarga dam bering. Tush ishlatmang.
3. Imkon qadar sifatli kosmetikadan foydalaning.
4. Oziq-ovqat tarkibida oqsil hamda vitaminlar ko'p bo'lsin.
5. Quyoshdan himoyalovchi ko'zoynaklardan foydalaning.
Noto'g'ri parvarish
Yoki mutlaqo uning yo'qligi. Hamma ham kipriklariga yetarlicha parvarish berishi bilan maqtana olmaydi. Ko'pchilik ertalab tush surtish, kechqurun esa uni yuvib tashlash bilan cheklanib qo'ya qoladi. Ammo bu mutlaqo parvarish emas. Shunday ekan, kipriklarni uzunlashtirish uchun, eng avvalo, unga to'laqonli parvarishni uyushtirish zarur.
Dekorativ kosmetikadan
foydalanish
Ayol doim go'zal ko'rinishni istaydi va buning uchun sun'iy pardoz vositalaridan foydalanadi. To'g'ri, dekorativ kosmetik vositalar avvalgiday zararli bo'lmasa-da, baribir, ularda kimyoviy elementlar saqlanib qolgan. Dekorativ vositalardan foydalanishda chiroyli bo'lamiz, ammo yuz, kipriklar bundan zararlanadi. Ba'zida kimyoviy vositalarning agressiv ta'siri ham kuzatiladi.
Yodda tuting:
Kipriklar o'sishi uchun Ye vitamini katta yordam beradi. Shu bois Ye vitaminiga boy mahsulotlarni ko'proq iste'mol qiling.
Kipriklar o'sishida yog'lar ham juda foydali. Ayniqsa, kanakunjut moyi. Uyquga yotishdan avval kipriklaringizga kanakunjut moyidan surtib yotsangiz, bu yaxshi natija beradi. Faqat shuni unutmangki, kiprik o'sishi — ko'p vaqt talab etadigan jarayon. Ba'zida sezilarli natijani ko'rish uchun 6 oy vaqt ketadi.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар