Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat
Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat

Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat

Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat
Agar muntazam ravishda tozalash ishlarini amalga oshirsangiz, mikroblar siz uchun qo‘rqinchli emas. Bugun siz vannaxonada tartib va tozalikni saqlab turishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bilan tanishasiz.

Vannaxonaga matoli parda iling va uni bioplyonkalar paydo bo‘lishi va o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng yuqori haroratda yuving.

Bioplyonka — biror-bir yuzada joylashgan va hujayralari bir-biriga bog‘langan ko‘plab mikroorganizmlar. Tadqiqotlarga ko‘ra vannaxona uchun vinilli pardalar bakteriyalar paydo bo‘lishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.

Unitazga ¼ stakan xlorli oqartiruvchi quying va yuvishdan oldin bir necha daqiqa qoldiring. Bu tadbirni har hafta o‘tkazing.

Unitaz – bakteriyalar to‘planadigan joy ekanligini unutmang, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim.

Unitaz uchun hapdorilar qiling.

Buning uchun sizga: 1 stakan soda, ¼ stakan limon kislotasi, 1 osh qoshiq sovun kerak bo‘ladi. Ularning hammasini aralashtiring, formachalarga quying va qotishini kuting. Bir haftada bir necha marta bir donadan unitaz ichiga tashlang va 20 daqiqadan keyin suv oqizing.

Cho‘tkani ochiq va tik holatda saqlang

Agar cho‘tkani konteyner ichida saqlasangiz, bakteriyalarning sevgan muhiti – namlik paydo bo‘ladi. Har 3-4 oyda cho‘tkani almashtiring.

Muntazam ravishda tish cho‘tkalari turadigan idishni issiq suv va sovun bilan yuving

Tish cho‘tkalari turadigan idish bakteriyalarning vannaxonadagi eng sevimli joyi hisoblanadi.

Har hafta rakovinaning suv oqadigan trubasini xlorli vosita bilan yuving

Bu chora ifloslanishning oldini olish uchun zarur. Xlor bakteriyalarni o‘ldiradi, shuning uchun rakovinani suvga to‘ldiring va 1 stakan xlorli vosita quying. 10 daqiqadan so‘ng suvni oqizing.

Vannaning suv oqadigan trubasi ichiga 1 stakan osh sodasi seping, keyin esa 1 stakan sirka quying

Yoqimsiz hidni ketkazishning eng yaxshi yo‘li. Sodani 5 daqiqa qoldiring, keyin sirkani quying, 10 daqiqadan keyin issiq suv bilan yuving.

Vannani timyan va evkalipt efir yog‘lari bilan yuving

Bu yog‘lar oltinrang stafilokokk bilan kurashishda benihoya samaralidir.

Oltinrang stafilokokk – teri infeksiyasini keltirib chiqaradigan bakteriya. Ko‘pincha bu dushman bizni vannada kutib turadi, undan xlor yordamida qutulish mumkin. Lekin u zaharli. Eng yaxshi o‘rnini bosuvchilar – timyan va evkalipt efir yog‘lari hisoblanadi.

Endi siz hammasini bilib oldingiz. Vannaxona tozaligini nazorat qilishni o‘z zimmangizga oling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: