XORIJLIK YIGIT BILAN KETMOQChIMAN
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: XORIJLIK YIGIT BILAN KETMOQChIMAN
- Дата релиза: 10-08-17, 14:27
— 24 yoshdaman. Yurtimizda ishlab yurgan xorijlik yigit bilan tanishib, bir-birimizni yoqtirib qoldik. Tanishganimizga ikki yil bo`ldi. Yaqinda uning ish muddati tugab yurtiga ketdi. Ota-onamga bu haqda gapirishga qo`rqaman. Chunki bilaman, baribir rozilik berishmaydi. Yigit esa: «Men bilan birga keta qol, olti oydan so`ng qaytib kelamiz-da, to`y qilishni aytamiz. Shunda ular rozi bo`lishdan boshqa iloji qolmaydi», demoqda. Shunday yo`l tutsam bo`ladimi?
Muyassar, Xorazm viloyati
Tahririyatdan:
— Juda noto`g`ri fikr. Ota-onadan yashirincha ish qilishning oqibati «voy» bo`ladi. Sizning dunyoga kelishingizga sababchi bo`lgan, oq yuvib oq taragan, qog`ozdagi qanddek go`zal tarbiyalagan ota-onani dog`da qoldirib, allaqaydagi chet ellik yigit bilan o`zingiz bilmagan yurt, notanish odamlarnikiga qay yurak, qay jur`at bilan borasiz? Va so`ngra qay yuz bilan Vatanga qaytasiz? Bu sharmandalik, g`irt ahmoqlik-ku! Bu muhabbat emas, qabohat! Jon qizim, ko`zingizni oching! Tafakkur qilib ko`ring, sizni bu yo`lga boshlayotgan yigitda or-nomus bormi o`zi? Balki ularda bunday yo`l tutish odat tusiga kirgan oddiy hodisa bo`lsa ajabmas. Biz — o`zbeklarda bu oriyat! Ota-onani tiriklayin go`rga tiqish! Qolaversa, hayot tajribasiga ega bo`lgan, xotin-qizlar masalalari bilan ishlab turli muammolarni o`rgangan va natijasini ko`rgan inson, ayol va ona sifatida maslahatim — o`z yurtingizdagi, iloji bo`lsa o`z qishlog`ingizdagi yigitga turmushga chiqishga harakat qiling. Eng asosiysi, ota-onangiz, qarindosh-urug`ingizga yaqin joyda yashaysiz. Bu esa o`zimiz sezmagan katta baxt, qizim! Turmush masalasi faqat ishq-sevgi romantikasidangina iborat emas. Bizda oila muqaddas! Nikoh muqaddas! Ota-ona-muqaddas zotlar hisoblanadi. Bu muqaddaslikka xiyonat qilish gunoh, bolam. Unutmang, o`zligini yo`qotgan odam o`zini tamoman yo`qotadi.
Mehmon yigitimizga ham o`z yurti, ota-onasi bag`rida baxt va omadi kulib yashashini tilab qolamiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар