Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasi

Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasi

Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasi
Miyamizni doim ishlashga majburlasak, xotiramiz mustahkamlanadi!

Ko`pincha inson eshitgan narsasining 30 foizini 20 daqiqadan so`ng, 50 foizini esa yarim soat ichida unutar ekan. Bu holat esa barcha uchun noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Agar siz ham xotirangiz susaya boshlaganini sezsangiz, quyidagi tavsiyalar yordamida uni mustahkamlashingiz mumkin...

1.Turli mashqlar.

Krossvordlarni echish, aqliy hisoblash, mantiqiy misollarning javobini topish, she`r yodlash, chet tillarin o`rganish – bularning barchasi miyani ishlatishning eng samarali usullari hisoblanadi. Bu mashqlarni muntazam bajarib tursak, xotiramiz anchagina yaxshilanadi.

2. Uzum sharbati.

Agar ovqatlanish rasionimizga uzum sharbatini qo`shsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bo`lishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko`p antioksidantlar bor.

3. Jismoniy faollik.

Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish, raqsga tushish - bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod ko`proq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini ta`minlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi.

4. Suhbatlashish, muloqot.

Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma`lumotlarni yozib olishdan ko`ra tezroq qabul qiladi.

5. Uyqu

Yaxshi uyqu – salomatligimiz garovi. Miriqib, xotirjam uxlaydigan odamlar uzoq umr ko`rishadi. Uyqu vaqtida organizmimiz bo`shashadi, erkin bo`ladi. Bundan tashqari, uyqu vaqtida tanada yoshartiruvchi gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Tiniqib uxlaydiganlar uyqusizlikdan qiynaladiganlarga qaraganda ma`lumotlarni 2 marta ko`proq yodda saqlab qoladi.

6. Hordiq

Miriqib hordiq chiqarish, uqalash va shunga o`xshash mashg`ulotlar diqqatni jamlashga yordam beradi. Va natijada xotira ham yaxshilanadi.

7. Ko`zlar uchun mashq.

Agar har kuni ertalab ko`zlarimizni u yoqdan bu yoqqa 30 soniya davomida harakatlantirsak, xotiramiz 10 foizga yaxshilanadi. Bu tan olingan fakt. Bu usul miyamizning ikkala yarim shari bir-biri bilan uyg`unlikda ishlashiga imkoniyat yaratadi.

8. Ovqatlanish.

Sog`lom va to`g`ri ovqatlanish kuchli xotiraga ega bo`lishga imkon beradi. Buning uchun antioksidantlarga boy bo`lgan brokkoli karami, ismaloq, turli yong`oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, uzum, qora olxo`ri kabi mahsulotlarni doimiy ravishda iste`mol qilish lozim.

9. Vitaminlar.

Bu borada V vitamini eng zaruri. Vitamin V12 etishmasligi natijasida xotira susayishi yoki yo`qolishi ham mumkin ekan. Tarkibida yuqoridagi vitaminlar bo`lgan baliq, go`sht, tovuq go`shti kabilarni iste`mol qilish miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi. S va E vitaminlari ham xotira uchun zarur. Aterosklerozga chalinmaslik uchun turli yog`lar, margarin, sariyog`ni kamroq iste`mol qilishimiz kerak. Bir sutkalik iste`mol qilinadigan yog` miqdori 90 g.dan oshmasligi lozim.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: