​Xotirjamlikni saqlashning 7 usuli

​Xotirjamlikni saqlashning 7 usuli

​Xotirjamlikni saqlashning 7 usuli
Bezovtalik — hayotimizning ajralmas qismi. U bilan kuniga necha marta to`qnash kelishingizga hech ahamiyat berganmisiz? E`tibor berib ko`ring va bezovtalik hissi bilan qanchalik ko`p duch kelishingizga o`zingiz amin bo`lasiz. Xo`sh, turfa murakkab vaziyatlarda dadillikni qanday qaytarish mumkin?

1. «Doktor, voy, jonim…»

Aytaylik, tishlaringiz salomatligiga ishonch hosil qilish uchun stomatolog qabuliga bordingiz. Navbat kutib o`tirib, ichkaridagi baqir-chaqiru dahshatli asbobning g`irillashi asabni egovlaydi. Lekin bunisi holva… Agar tish zirqirab og`rib turganda navbat kutishga to`g`ri kelsa-chi?! Bunday paytda xotirjam bo`lishning umuman iloji yo`q.

Tez yordam. Agar stomatolog xonasi yonida Yana bir o`zingizga o`xshagan «jabrdiyda» o`tirgan bo`lsa, uni gapga tutishga harakat qiling. O`zingiz ham chalg`iysiz, yurak hovuchlab o`tirgan sherigingizning ham dardini engillashtirasiz.

2. Birinchi uchrashuv

Oldinda ilk uchrashuv! Hayajondan qo`lingizdan hamma narsa tushib ketayapti, soch turmagingiz ko`nglingizdagidek chiqmayapti, pardozniku aytmasa ham bo`ladi! Xullas, xotirjamlik umuman unut bo`lgan. Xayolda faqat bir o`y: hammasini ertaga qoldisammikan?

Tez yordam. Agar har gall «ertaga keling» deyaversangiz, yolg`iz qolib ketishingiz aniq. Shuning uchun bugungi ishni ertaga qoldirmang! Uchrashuv oldidan makiyaj va turmagingizni butkul o`zgartirishga urinmang. Vaqt kamligida hammasi o`ylaganingizdek bo`lib chiqmasa, oldingi holingizga qaytishga fursat bo`lmaydi. Xullas, «eksperiment»lar qilmang. Yaxshisi, nimalar haqida gapirishingizni o`ylab ko`ring. Mazmunli gaplaringiz bilan uni lol qoldiring.

3. Ayol mashina boshqarsa…

Yo`lda ketayotib, yoningizda ketayotgan avtomobil egasi goh qo`l silkitib, goh quvlashmachoq o`ynashni taklif qilsa yoki mashinangizni turtib yuborsa, o`z-o`zidan sizga baqira ketsa... Xullas, avtomobil boshqarayotgan xonim yo`lda har qanday vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Bunday paytda xotirjamlikni saqlash uchun asablar temirdan bo`lishi kerak.

Tez yordam. Eng yaxshi maslahat — «axmoqqa yo`l bering!» degan qoida. Yo`l tirbandligida avtomobilingiz uzoq vaqt turib qolsa, oynalarni yopib, sokin musiqa tinglang. Garchi shoshilayotgan bo`lsangiz ham mashinalar tiqilinchidan chiqib ketishga asabiylashish yordam bermaydi.

4. Juda muhim uchrashuv

Aytaylik, Yangi ish topdingiz. O`zingiz haqingizdagi ma`lumotnomani topshirib qo`yganingizga ancha vaqt bo`lgan va nihoyat ish beruvchi sizni suhbatga taklif etdi. Kechasi bilan sohangizga doir ma`lumotlaru yangiliklarni o`rgani chiqdingiz. Ertalab esa bu ma`lumotlardan asar ham qolmagan, ammo kam uxlaganingiz tufayli ko`zlaringiz ostidagi qoramtir shishlar aniq-ravshan ko`rinib turibdi. Ayol kishi bunday vaziyatda asabiylashmay tura oladimi?

Tez yordam. Muhim kelishuvlardan oldingi kuni yaxshilab dam oling. Uchrashuv oldidan esa hayajonni engishning bir oson yo`li bor: chuqur nafas olib, sekin chiqaring. Shu tarzda o`n marta takrorlasangiz, hayajoningiz ancha bosiladi.

5. So`z jangi

Bu vaziyatda o`zingizning haqligingizni bilib turasiz-u, buni isbotlab berolmasangiz, asabiylashgandan hatto ovozingiz qaltiray boshlaydi. Qochib ketgingiz va to`yib yig`lagingiz keladi.

Tez yordam. Asablarni asrash va xotirjam bo`lish uchun sukut yo`lini tanlang-da, «raqib»ingizga razm soling. Ko`pincha birgina nigoh qancha so`zlarning o`rnini bosadi. Agar jim turish qo`lingizdan kelmasa, bahsni keyinroqqa qoldirishni so`rang. Vaqt o`tib, asablar biroz «sovigach», bu bahs davom etmasligi ham mumkin.

6. Xuddi Siserondek…

Tasavvur qiling, siz konferensiya zalidasiz. Hademay chiqish qilish navbati sizga etadi. Hammaning nigohi sizda va bu vaziyatda tomog`ingizga nimadir tiqilganday bo`ladi. «Qaniydi buyuk notiq Siseronday bo`lib qolsam va hammani o`z nuqtim bilan lol qoldirsam», deb orzu qilasiz. Bunday hayajonli damlarda xotirjamlikni saqlash xayolga ham kelmaydi.

Tez yordam. Muhim uchrashuv oldidan ertalab sevimli qo`shig`ingizni kuylang. Ijroda o`zingizni qo`shiqchilardek tutishga harakat qiling. Bu muhim chiqish oldidan ovozingiz uchun ham mashq bo`ladi. Nutqdan bir necha daqiqa oldin qo`llar mashqini bajarishingiz mumkin. Buning uchun kaftlaringizni bir-biriga chalishtirib, ikki qo`lingizning bosh barmoqlarini bir-birining atrofida aylantiring. Bu oddiy mashq asabiylikni bartaraf etadi.

7. Bilimni oshirish vaqti keldi!

Ishxonada navbatdagi attestasiya. Oldinda muhim imtihon kutayapti. Ishingizdan ayrilishingizdan cho`chib, xotirjamlikni yo`qotishingiz mumkin.

Tez yordam. Ko`pchilik imtihondan bir kun oldin kitob varaqlashga, bilimini oshirishga harakat qiladi. Bu esa har doim ham o`zini oqlayvermaydi. Ishingiz yuzasidan qiziq voqealarni ham esga olib, tayyorgarlik ko`rib qo`ying. Bu jimgina turgandan ko`ra ya`shiroq. Bilimingiz «5»ga loyiq bo`lmasa, hech bo`lmasa qiziquvchanligingiz atrofdagilarni jalb etishi aniq.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: