Xurmoning foydali va zararli xususiyatlari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Xurmoning foydali va zararli xususiyatlari
- Дата релиза: 20-12-17, 22:05
Xurmo — mazali va foydali meva. Lekin uning nojo‘ya samaralari ham bor.
Xurmoning foydasi
Qarishni sekinlashtiradi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Hamma tilla rangli mevalar kabi xurmoda ham beta-karotin ko‘rinishidagi A vitamini juda ko‘p.
A vitamini — hujayralarni erkin radikallardan himoya qiluvchi kuchli antioksidant bo‘lib, qarishni sekinlashtiradi va saratonning rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Shuningdek A vitamini ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Beta-karotin terini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan, qurib qolishdan va yorilishdan himoya qiladi.
Immunitetni mustahkamlaydi
Xurmo o‘z tarkibidagi yana bir antioksidant bilan maqtanishi mumkin. Bu C vitamini — hammaga ma’lum bo‘lgan immunitet himoyachisi. Mevaning 100 grammida shamollash va grippning oldini olishda yordam beruvchi bu vitamin kunlik me’yorining 10 foizi mavjud.
Kayfiyatni ko‘taradi
Xurmoning tarkibida monosaxaridlar: glyukoza va fruktozalar ko‘p bo‘lgani uchun u shirin. Va bu shakarning eng foydali turidir. U yurakni mustahkamlaydi va kayfiyatni ko‘taradi, qomatga esa saxarozadek kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Xurmoning zarari
Qabziyatga sabab bo‘ladi
Xurmo tarkibida tanin moddasining ko‘pligi qabziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Xurmoni bir necha yillar davomida muntazam ravishda haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish me’da ichida bezoarlar — to‘liq hazm bo‘lmagan moddalardan tashkil topgan qattiq sharchalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Terining sarg‘ayishiga sabab bo‘lishi mumkin
Organizmda beta-karotinning haddan tashqari ko‘p miqdori ayniqsa bolalarda terining sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin. Albatta, bu holat salomatlik uchun xavf tug‘dirmaydi.
Qancha xurmo yeyish mumkin?
Shuning uchun xurmoni me’yorida iste’mol qilish kerak. Katta yoshdagi sog‘lom odamlarga bir kunda to‘rt donagacha xurmo mevasini yeyish tavsiya qilinadi.
Xurmoning salbiy samaralarini kamaytirish uchun faqat pishgan mevalarni yeng, chunki ularda taninlar kamroq.
Qabziyatni keltirib chiqaruvchi taninlar sababli uch yoshgacha bolalarning xurmo yeyishi mumkin emas.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар