YaLPIZLI, ASALLI, TUZLI VANNALAR: FOYDASI VA QABUL QILISh ShARTLARI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: YaLPIZLI, ASALLI, TUZLI VANNALAR: FOYDASI VA QABUL QILISh ShARTLARI
- Дата релиза: 14-10-17, 09:23
Vannani iliq suvga to`ldirib, unga 200 gr. asal soling. So`ng bu suvda o`zingizni bo`sh qo`yib o`tiring. 10-15 daqiqadan keyiniliq suv bilan chayining. Asal terini parvarishlaydi hamda quruqlashishni ketkizadi. Muoljani uxlashdan oldin amalga oshiring.
Tuzli vanna uchun 250-300 gr. dengiz tuzini issiq suvda eriting. Tuz miqdorini 1,5-2 kilogramga qadar ko`paytirish mumkin. Bu kabi vannalar asablaringizni tinchlantiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, ortiqcha vazn bilan kurashadi. Og`riq qoldiruvchi kuchga Ham ega.
Yalpizni matoli xaltachaga soling va ustidan issiq suv oqizing. Bu vanna shamollaganda, teri shikastlanganda yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Moychechak va bo`yimodaron yorilgan terini tuzatadi hamda achishish, qichishish kabi Holatlarda yaxshi yordam beradi. Moychechak va bo`yimodaronni qaynating-da, biroz tindirib qo`ying. So`ngra dokaga suzib, iliq suv bilan aralashtirib, vannaga soling.
Vanna suvi harorati 36-38 darajada bo`lishi zarur. Bu harorat kishini bo`shashtiradi, asablarni tinchlantiradi hamda teri to`qimalarini yangilaydi.
Juda issiq bo`lgan vannalarda uzoq o`tirishni odat qilmang. Ortiqcha issiq suv terining quruqlashishi va shikastlanishiga olib keladi. Va terida ilon izidek chiziqlar paydo qiladi.
Bug`li vanna qabul qilayotganingizda suvga yalpiz qo`shib yuborsangiz, shamollash asoratlarini yo`qotishga, nafas olishingizni engillashishiga yordam beradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар