Yapon ayollarining go`zalligining siri
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yapon ayollarining go`zalligining siri
- Дата релиза: 13-04-17, 12:48
Yapon xonimlarining yuzlarida ajin deyarli yo`qligidan va silliqligidan hayratga tushamiz. Ular bunday ko`rinish uchun Evropa xonimlari kabi jarrohlik amaliyotidan foydalanishmaydi. Ularning go`zallik sirlaridan biri, bu yuzni asaxi uslubida uqalashdir. Asaxi so`zi «chiqayotgan quyosh» ma`nosini anglatadi. Asaxi uqalash usulini doimiy bajarish yuzga betakror soflik bag`ishlaydi, agar uni juda to`g`ri bajarsangiz, hattoki miya faoliyatingizga ham yaxshi ta`sir ko`rsatasiz.
Uqalash toza yuzda qilinadi. Barmoqlar uchiga uqalash moyidan surtib, uqalashni boshlang. Massaj jarayonida hech qanday og`riqni his qilishingiz kerak emas, agar shunday bo`lsa, siz uqalash haraktalarini noto`g`ri bajaryapsiz.
1. Barmoqlarni peshanaga gorizontal holatda qo`ying, so`ngra bo`yingacha tushuring va bo`yindan yuqoriga yana haraktalantiring. Ushbu uqalash mashqini 5 marta bajaring. Bu peshanadagi ajinlardan sizni asta-sekin xalos etadi.
2. Endi e`tiborni ko`zlarga qarating. Barmoqlarni bo`yindan ko`zning tashqi burchagigacha olib borib, so`ng ko`zning past qopchasidan qosh tagiga qarab yo`naltiring. 3 daqiqa shu holatda turib, so`ng yana orqaga qaytib, uqalash mashqini 5-6 marta takrorlang.
3. Tabassum qilishdan charchamaydigan ayollarning lablari atrofida, tabiiyki, mayda ajinlar bo`ladi. Bu ajinlardan xalos bo`lish uchun barmoqlarni iyakka qo`yib olib, lab usti markaziga aylana harakatlar bilan yo`naltiring. 6 marta bajaring.
4. Gal burun atrofiga keldi. Bo`yindan to yanoqlargacha uqalab, so`ng burun yonlariga harakatlantiring. Avval burunning ikki chetini, so`ng burun yonidan to eng ustki qismigacha uqalang. Mashqni 8 marta qaytaring.
5. Qo`llarni bo`yindan, ikki yanoqqa qarab yo`naltiring, so`ng yanoqlardan ko`z tagi bo`ylab burun atrofiga yo`naltiring. Keyin lablar atrofidan barmoqlarni yurg`azib, yana orqaga qayting. 3 marta takrorlang.
6. Qo`llarni bo`yindan yanoqqacha olib chiqib, ko`zlar atrofidan, burun yonidan quloqlar tagiga olib tushing.
7. Qo`llarni tirsakdan to yuqorigacha birlashtirib oling, kaftlarni ikki yonga ochib iyakka qo`ying. Shunday holatda, ikki kaftni burun atrofidan yanoqlarga yo`naltiring.
8. Qo`llar xuddi shu holatda qolsin. Iyakdan yuz qirralari bo`ylab quloq yonigacha uqalang. Mashqlarni 5 martadan qaytaring.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар