Yaxshi yashash sirlari?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yaxshi yashash sirlari?
- Дата релиза: 13-08-14, 14:37
1 – Qoida:
Tangrining sizga ko’rsatgan barcha marhamatlarini sanab chiqing. Hayotingiz va uning barcha narsalarning nechog’li qadrli ekanligini tushunib yetishingiz zahoti yuzingizga tabassum qaytadi, osmonda bulutlar tarqab, quyosh charaqlaydi, olamni musiqa sadosi tutadi.Siz nihoyat oldingizga, tangri sizga ato etgan hayotga, o’z kuchingizga umid - ishonch bilan qaray boshlaysiz.
2 – Qoida:
Bugun va xar kuni sizga xaq to’laydigan ko’proq ish qiling. Agar sizdan kutganlardan ko’proq ish qilish nechog’li muhim ekanligini anglab etsangiz, muvaffaqiyatning yarmini qo’lga kiritgan bo’lasiz. Sizning ishingizni shu qadar yuqori baholashsinki, bora bora sizni eng kerakli hodim sifatida tan olishsin. Ishga qo’shimcha kuch sarflash huquqingizdan va buning evaziga berilgan mukofotlarga quvoning.
Siz unga loyiqsiz !
3 – Qoida:
Har safar xatoga yo’l qo’ysangiz yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, bu haqda uzoq o’ylamang. Odamlar o’z xatolaridan o’rganadilar. Xatoga yo’l qo’yish qobiliyatini – qo’yilgan maqsadga erisha bilish qobiliyatidan ajratib bo’lmaydi. Hech kim har doim g’alaba qozona olmaydi. Muvaffaqiyatsizliklaringiz rivojlanishingizning zarur sharti va tarkibiy qismi hisoblanadi. Xato qildim deb ko’p o’ksimang. Agar vaqti vaqti bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrab turmasangiz, uni yengishga kuchingiz borligini qayerdan bilardingiz? Xarakatni to’xtatmang va omad sizga kulib boqadi.
4 – Qoida:
Uzoq va og’ir ishni bajarganingiz uchun yaqin kishilaringiz davrasida o’zingizni har doim mag’rur tuting. Ularni muhabbatini asrab – avaylang. Farzandlaringizga qattiqqo’l tanqidchi emas, o’rnak olish uchun yaxshi na’muna kerakligini, agar ular oldida o’zingizni doimo yaxshi tomondan namoyon qiladigan bo’lsangiz, ishingiz yanada rivoj topishini, unutmang. Jumlayi – jahon sizni omadsiz deb hisoblasa ham, agar sizni sevuvchi oilangiz bo’lsa, hayotda omadga erishdim, deb hisoblashingiz mumkin.
5 – Qoida:
Har bir kuningizni yaxshi niyat asosiga quring. Mavjud yoki hayotiy kamchiliklaringizni o’ylab g’am chekmang. Siz xudoning bandasi ekanligingizni va har qanday orzuingizni o’z iroda kuchingiz bilan amalga oshirishga qodir ekanligingizni o’zingizga tez-tez eslatib turing. Mag’lubiyatning hayolingizning ko’chasiga ham keltira ko’rmang. Shunda dilingizdagi barcha orzu-umidlaringiz amalga oshadi, Labingizdan tabassum arimasin!
6 – Qoida:
Siz haqingizda o’zingiz emas, qilgan ishlaringiz gapirsin. Yo’lingizdagi takabburlik va manmanlik tuzoqlariga tushib qolishdan ehtiyot bo’ling. Lekin har bir qilgan yaxshi ishlaringizdan uni katta yoki kichikligidan qat’iy nazar o’zingizda g’urur his etib, zavqlanishni unutmang.
7 – Qoida:
Xar bir kun, bu tangrining alohida in’omi. Garchi hayot doim xar doim marhamat ko’rsatavermasada, o’tkinchi muvaffaqiyatsizlik va umidsizlik so’zlarining o’zingizga bo’lgan munosabatingiz va kelajak orzularingizni zaxarlanishiga yo’l qo’ymang. Siz o’zinga achinib, hech qachon g’alaba qozona olmaysiz, mungli nolishingiz esa har qanday omadni sizdan qochiradi. Boshqa bunday qilmang. Siz baxtli taqdirga loyiqsiz!
8 – Qoida:
Boshqa hech qachon kun va tunlaringizni ikkinchi darajali va keraksiz narsalarga to’ldirib yubormang, aks holda hayotning chinakam chaqirig’iga javob berishiga vaqtingiz qolmaydi. Bu ishga ham, dam olishga ham, birday taalluqli. Shunchaki "xo’ja ko’rsin”ga o’tkazilgan kun bayram uchun sabab bo’la olmaydi. Modomiki, siz doimiy kun tartibingizga ozgina o’zgartirsh kiritib, ko’p narsaga erishishga qodir ekansiz, qimmatli vaqtingizni bexuda sarflamang. Mayda-chuydalarga berilishni, omaddan berkinishni bas qiling. O’sib rivojlanishingiz uchun ham, vaqt va joy qidiring. Hoziroq ! Ertaga emas, shu bugun !
9 – Qoida:
Bu kunni xuddi u hayotgizning so’nggi kunidek yashang. Shuni unutmangki, "ertaga” so’zi faqat nodonlar taqvimida. Kechagi mag’lubiyatlar haqida unuting va ertangi kun muammolariga e’tibor bermang. Siz yashayotgan shu bugunni yilning eng yaxshi kuniga aylantiring. "Agar umrimni qaytadan yashash imkoni bo’lganida edi …” degan so’zlardan g’amginroq so’zlar yo’q. Axir umr bir marta berilishi ma’lum-ku! Estafeta tayoqchasini olingda, olg’a yuguring. Bu sizning kuningiz !
10 – Qoida:
Bugundan boshlab hammaga – do’stu - dushmanga, tanishu – notanishga yaxshi munosabatda bo’ling. Uchrashuvlaringiz nechog’li qisqa bo’lmasin, odamlarga bor mehringiz, e’tiboringiz va muhabbatingizni bering. Buni chin dildan, beg’araz qiling. Imkoni boricha yuzingizga doimo tabassum bo’lsin, bu esa o’z navbatida kayfiyatingizni yaxshi bo’lishiga va atrofingizdagi kishilar qalbida sizga nisbatan ilig’lik uyg’otishiga sabab bo’ladi. Shunda har kuningiz bayramga aylanadi.
11 – Qoida:
Turmushdan ham, o’zingizning ustingizdan ham kulib yashang. Zaxarhanda qilib, emas – yo’q bu kulgi azob-uqubatlaringizni yengillashtiruvchi, ruhiy tushkunlikdan halos qiluvchi, ayni damdagi muammolaringizni kelgusida hal qilishga yordamlashuvchi malham, shifobaxsh vosita bo’lishi lozim. Og’ir paytlarda tanglik va g’am-tashvishni kulgi bilan quvib haydang, aniq va tiniq fikrlab, muammoning yechimini topish uchun aqlingizdan joy bo’shating. Yechim har doim topiladi. O’zingizga haddan tashqari jiddiy munosabatda bo’lmang.
12 – Qoida:
Atrofingizdagi odamlarga befarq qaramang. Ayni holatda qo’lingizdan kelganini qilishga, ularga ortiqcha daqiqa sarflashga, maqtov yoki tashakkur so’zlarini aytishga hech qachon erinmang. Siz haqingizda boshqalar nima deb o’ylashi ahamiyatsiz, ammo o’zingiz qanday o’ylashingiz juda muhim. Agar og’ir vaziyatlarni yumshatishga urinib, ma’suliyatdan o’zingizni olib qochadigan bo’lsangiz, qo’lingiz hech qachon baland kelmaydi. Siz o’ziga hos tarzda ish tutishingiz kerak.
13 – Qoida:
Har bir tongni quvonch bilan qarshi oling. Har bir yangi kunga tangrining navbatdagi in’omi, kecha tugata olmagan ishingizni nihoyasiga yetkazish uchun berilgan navbatdagi ajoyib imkoniyat sifatida qarang. Kayfiyatingizni kelayotgan kunga sozlang. Birinchi soatdayoq bugun qiladigan ishingizning muvaffaqiyat go’yasi tug’ilsin. Bu kun boshqa hech qachon qaytarilmaydi. Uni dastlabki noldan boshlab, bekorga sarflamang. Doimo ko’rarinki kayfiyatda yurishga harakat qiling. Yomon kayfiyat tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan ortiq, be’maza narsa yo’q.
14 – Qoida:
Agar ulkan orzuyingiz sari kundan kunga-to’xtovsiz intiladigan bo’lsangiz, unga albatta etishasiz. Shuning uchun har kuni oldingizga yengil va uzoq muddatga mo’ljallangan, lekin zarur ishlarni bajarishni maqsad qilib qo’ying. Ular sizni qadamba – qadam orzuingiz cho’qqisizga olib chiqadi. Agar sizga shunday qulay bo’lsa, ularni yon daftarchangizga yozib qo’ying. Biroq ro’yhatni shunday tuzing-ki, birinchi tugallanmagan ishlarni ertaga qoldirishga to’g’ri kelmasin. Ulkan exromni bir kunda qurib bo’lmasligini unuting. Sabr-toqatli bo’ling. Ish soatlarni asosiy maqsaddan chalg’itadigan o’tkinchi narsalar bilan to’ldirmang. Hamma ishlarni maromiga etkazib bajaring, bu kunni xursandchilik bilan o’tkazing.
15 – Qoida:
Hech kimga kayfiyatingizni buzib, kelayotgan kunga tushkunlik va omadsizlik soyasini solishiga yo’l qo’ymang. Shuni unutmangki, birovning xatosini topish uchun qobiliyat ham, mardlik ham, teran aql ham kerak emas. Agar o’zingiz bunga yo’l qo’ymasangiz, hech qanday tashqi sharoitlar sizga o’z hukmini o’tkazolmaydi. Vaqtingiz oltinga teng, shuning uchun ham siz uni nafrat, rashk va xasadning qora kuchlari bilan olishib, behudida sarflanishiga yo’l qo’ymang. Umr omonat. Uni ko’z qorachig’ingizdagidek avaylang. Gulni yolg’iz parvardigor yaratishga qodir. Biroq har qanday esi yo’q bola uni sindirishi mumkin.
16 – Qoida:
Har qanday qiyin paytlarda ham yaxshilik urug’ini izlang. Agar bu qoidaga amal qilsangiz, shunday bebaho qalqonga ega bo’lasizki, u sizni eng og’ir vaqtlarda ham ishochli himoya qiladi. Yulduzlar tog’ cho’qqisidan ko’rinmagan payt ularni chuqur quduqning tubidan turib ko’rish mumkinki, boshqa vaziyatlarda ular haqida hech qachon bilmas edingiz. Har qanday holatda ham yaxshilik urug’i bo’ladi. Bu urug’ni toping va undan foydalaning. Shoir aytgan so’zlarga amal qiling. "So’zlaringda bo’lsa yumshoqlik va bo’yoq, Hech qachon tushmaydi boshinga tayoq !”
17 – Qoida:
Farovonlik, shod-xurramlik va ruxiy xotirjamlikni atrofdan qidirib ovora bo’lmang. Baxtimiz o’z qo’limizda zoxir ekanligini hamisha yodda tuting. Oladigan emas, beradigan odamgina baxtli bo’lishini unutmang. Atrofingizdagilarga yordam qo’lini cho’zing. O’rtoqlashing. Quvoning. Baxt bu shunday malhamki, uni o’zingiz ustingizga bir necha tomchi oqizmasdan boshqalarga bera olmaysiz.

Смс Шерлар