Yo‘talni uy sharoitida davolaymiz
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yo‘talni uy sharoitida davolaymiz
- Дата релиза: 26-11-17, 21:32
Yo‘tal kishiga nafaqat noqulaylik tug‘dirishi, balki uning hayotiga xavf ham solishi mumkin. Ko‘pincha kasallikka “hamrohlik” qiluvchi burun oqishi va isitma kabilardan qutulish oson bo‘ladi, yo‘tal esa uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi mumkin.
Yo‘tal — odam organizmining kimyoviy yoki bakteriyali bezovtalikka (qichishishga) javoban tabiiy reaksiyasidir. Odam dimog‘ida har sutkada normal ravishda nafas olish uchun zarur bo‘lgan 2—2,5 ml shilliq ajratuvchi kichik bezlar joylashgan. Allergik reaksiya yoki yuqori harorat natijasida ushbu shilliq quyuqlashib, namlikka aylanadi. Namlik yopishqoq bolgani uchun nafas olish yollaridan erkin chiqib keta olmaydi. Shu sababli refleks ishlab ketib, organizm bronxlarni ortiqcha shilimshiqdan tozalamoqchi bo‘ladi. Shu refleks yo‘taldir.
Yo‘tal ho‘l va quruq bo‘lishi mumkin. Bronxit, faringit, bronxial astmaga, odatda quruq yo‘tal hamrohlik qiladi, ya’ni namlik ajralib chiqmaydi.
Nima bo‘lganda ham, yo‘tal samarali bo‘lishi, ya’ni o‘zining ortiqcha narsalarni nafas yo‘llaridan chiqarish funksiyasini bajarishi kerak. Shu tufayli quruq yo‘talni undan qutulish yoki uni ho‘l yo‘talga aylantirish orqali davolash lozim.
Yo‘talganda namlik ajralib chiqsa, uning xarakteri va rangiga e’tibor berish zarur. Bronxial astmada namlik rangsiz bo‘lsa, nafas yo‘llaridagi bakteriyali infeksiyalarda sarg‘ish-yashil, yurak faoliyatidagi yetishmovchilikda esa zang rangida, bronxlar pnevmoniyasida esa yiringli bo‘ladi.
Quruq yo‘talni davolashda iliq ishqorli ingalyatsiyalar, qizilmiya, tuyatovon va gulxayri damlamalari yordam beradi. Damlama va qaynatmalarni sutkada bir necha marta yarim stakandan ichish lozim.
Yo‘tal ho‘l bo‘lganida esa namlikni suyultirish zarur bo‘ladi, shunda u nafas yo‘llarini osonroq va tezroq tark etadi. Shu bilan birga, namlik qayta va qayta ajralib chiqmasligi uchun uning sabablariga qarshi kurashish lozim. O‘tkir nafas yo‘llari kasalliklarida yo‘talga qarshi dorilar tayinlanadi, bronxit yoki pnevmoniyada esa birinchi o‘rinda antibiotiklar bilan davolash kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, xalq tabobatida yo‘talni davolashning ko‘plab usullari bor. Ularning ba’zilari bilan quyida tanishtirib o‘tamiz:
Turpni qirg‘ichdan chiqarib, suvini doka orqali suzib oling. Uni asal bilan aralashtirib, kechqurun uxlashdan oldin va ovqat oldidan 2 osh qoshiqdan iste’mol qiling.
Sabzi sharbatini chiqarib, uni teng miqdorda sut bilan aralashtiring. Ichimlikni kun davomida 5—6 marta qabul qiling.
Yarim kilogramm piyozni maydalab, 400 gramm shakar bilan aralashtiring va 1 litr suvga solib, 3 soatcha qaynating. Biroz sovigach, 50 grammcha asal qo‘shing. Suyuqlikni ovqatdan keyin kuniga 4—6 osh qoshiqdan iching.
Ikki bosh piyozni mayda to‘g‘rab, 1 stakan sutga solib qaynating. 4 soatcha tindirib qo‘ygach, suzib oling. Uni har 3—4 soatda 1 osh qoshiqdan ichib turing.
Bir bosh sarimsoq piyoz va oddiy piyozni mayda to‘g‘rab, sutda qaynating, so‘ng asal qo‘shing. Qaynatmani quruq yo‘tal qiynaganda har soatda 1 osh qoshiqdan iste’mol qilish zarur.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар