Yog‘lar ketishini tezlashtiruvchi 5 oziq-ovqat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yog‘lar ketishini tezlashtiruvchi 5 oziq-ovqat
- Дата релиза: 09-02-18, 08:44
To‘g‘risini aytganda, quvonchli va’dalarga qaramasdan, biron-bir super oziq-ovqat yoki sehrli masalliq sizni bel sohasidagi qaysar yog‘lardan qutqarmaydi. Buning uchun shakardan voz kechish, toqat qilib bo‘lmaydigan oziq-ovqatlarni istisno qilish, miriqib uxlash, stressni tinchitish va sport bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi.
Lekin quyidagi oziq-ovqatlar orzuingizga tezroq erishishga: ishtahani yaxshiroq nazorat qilishga, yallig‘lanishni kamaytirishga, metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.
Limon sharbati
Siz hazm qilishni yaxshilash uchun kunni bir piyola limonli suv bilan boshlash kerakligi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Haqiqatan ham, ovqatdan oldin qabul qilingan ikki osh qoshiq limon sharbati ovqatdan keyin qondagi shakar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Limon tarkibidagi polifenollar organizmning yog‘ to‘qimasini jamg‘arish an’anasini yo‘qotadi. Limon sharbatini kun davomida ham parhezga kiritish mumkin: uni mineral suvga yoki ziravor sifatida salatga qo‘shing.
Dolchin
Dolchin me’da bo‘shashini sekinlashtirish bilan qondagi glyukoza miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega, bu esa uzoq vaqtgacha to‘yish hissini saqlab qolishga yordam beradi. Bir kunda bir yarim choy qoshiq ezilgan dolchin kifoya qiladi. Asosiysi, dolchin yangi bo‘lishi kerak, chunki u vaqt o‘tishi bilan tarkibidagi polifenollar va faol tarkibiy qismlarni yo‘qotadi.
Kayen qalampiri
Kayen qalampiri ko‘proq kaloriya yo‘qotishga va ishtahani qaytarishga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qalampirga achchiqlikni beruvchi kapsaitsin moddasi metabolizm tezligini va yog‘lar ketishini oshiradi.
Zarchiva (kurkuma)
Deyarli har bir kasallik yallig‘lanish jarayonlari bilan kechadi. Yallig‘lanishga qarshi va har tomonlama foydali bo‘lgan zarchivaning tarkibi kurkumin deb nomlanuvchi tarkibiy qismdan tashkil topgan. Kurkumin yog‘larni yo‘qotishga va ko‘plab boshqa muammolar bilan kurashishga yordam beradi.
Zig‘ir urug‘i
Yangi yanchilgan zig‘ir urug‘i — yallig‘lanishga qarshi kurashishga va gormonlarni boshqarishga yordam beruvchi omega-3 alfa-linolen kislotasining ajoyib manbasi hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, parhez paytida iste’mol qilingan zig‘ir urug‘i ishtahani pasaytirishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар