Yomg’ir Haqida Qiziqarli Faktlar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yomg’ir Haqida Qiziqarli Faktlar
- Дата релиза: 07-08-14, 22:54
-Portugaliyada yomg‘ir yoqqani sababli ishga chiqmagan odamning bahonasi asosli hisoblanadi.
-Para shahrida aholi soatini yomg‘irga qarab to‘g‘rilab oladi, chunki bu yerda yomg‘irlar odatda bir vaqtda yog‘adi.
-Aslida yomg‘irning hidi bo‘lmaydi. Yomg‘ir paytida paydo bo‘ladigan isni aktin va sian bakteriyalari hosil qiladi.
-Uganda mamlakatida yiliga o‘rtacha 250 marta yomg‘ir yog‘adi.
-Qurg‘oqchil iqlimi bilan mashhur Botsvana aholisining salomlashuv so‘zi “yomg‘ir” degan ma’noni bildiradi. Ular hatto milliy valyutasiga ham “yomg‘ir” nomini berishgan.
-Kubada yomg‘ir odatda peshindan keyin, Taylandda esa kechasi yog‘adi.
-Sahrodagi odam yomg‘irda qolib ham quruq yurishi mumkin. Chunki tomchilar yerga yetib kelmaydi, qizib turgan havo ularni bug‘lantirib yuboradi.
-Hindisdondagi Cherapunji shahri dunyodagi eng seryog‘in shahar sanaladi. Bu yerga yiliga o‘rtacha 26 460 mm yomg‘ir tushadi.
-Yomg‘ir odatda 5,6 rN kislotaga ega bo‘ladi. Kislota miqdori kam bo‘lsa, yog‘in kislotali deb hisoblanadi. 5,5 kislotali yomg‘irda bakteriyalar, 4,5 kislotalisida esa hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar halok bo‘ladi.
-AQSHning Ogayo shtatidagi Uaynsberg shaharchasida 29 iyul odatda yomg‘ir bilan o‘tadi. Bu hol yuz yildan beri takrorlanyapti.
-Hozir hatto sun’iy yomg‘ir yog‘dirish ham mumkin. To‘p-to‘p bulutlar ustiga samolyotdan quruq muz bo‘lakchalari tashlanadi. Bulutda karbonat kislotasi suv bilan qorishadi va qor parchasiga aylanadi. Yo‘lda harorat ta’sir qilib, qor parchalari yerga yomg‘ir bo‘lib tushadi.
-Har yili yerga 519 000 kilometr kub yomg‘ir tushadi. Bir kilometr kub yog‘in milliard tonna suv demakdir.
-Har yuz million odamdan birining yomg‘irga allergiyasi bor. Bunday odamning badaniga suv tegsa, oldin qizaradi, keyin shishib ketadi. Agar u yomg‘irda qoladigan bo‘lsa, halok bo‘lishi ham mumkin.
-Eng og‘ir do‘l 1986 yilning 14 aprelida Gopalganj shahrida yoqqan. Bir dona do‘l donasi o‘rtacha bir kilogramm edi. Shu yog‘in tufayli 92 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
-Dunyodagi eng seryog‘in joylarda qish payti suv yetishmaydi. Yomg‘irlar mavsumi so‘nggiga yetgach, qurg‘oqchil qish keladi. Bu paytda odamlar boshqa shaharlardan suv sotib olishga majbur bo‘ladi.

Смс Шерлар