Yong'oq haqida

Yong'oq haqida

Yong'oq haqida
Yong'oqning turgan bitgani "xazina" deyishadi . Uning so'lim salqin soyasidan tortib , to'yimli va shifobaxsh mag'zigacha , metin yog'ochidan bargigacha foydalidir . Yong'oqning tarkibida yog' , 21 % oqsil , 7 % atrofida uglevodlar , ko'p miqdorda vitamin C (1000-3000 mg wacko , vitamin B, B1 va karotin mavjud . Bulardan tashqari yong'oq mag'zida mineral tuzlar va mikroelementlar ham bor . Ko'k qobig'ida 25 % , bargida 12 % tanid moddasi hamda 0,1 % gacha efir moyi saqlanadi . Barglarida yuglon , tez oksidlanadigan gidroyuglon , flavonoid giperozid , ko'p miqdorda vitamin C bo'ladi . Yuglon deb nomlanuvchi modda bakteritsid xususiyatiga ega . Xalq medetsinasida yong'oq ko'pdan ko'p kasalliklarga davo sifatida qo'llaniladi . Yong'oqning xomligidagi qobiq shirasi ekzema , dermatoz kabi teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi . Abu Ali Ibn Sino yong'oqning barg shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan . Yong'oq po'stloqg'idan tayyorlangan qaynatmani bachadondan qon ketishini to'xtatishda va gijja haydovchi omil sifatida tavsiya etgan . Yong'oqning mag'zi endigina sut yiqqan paytida juda foydali bo'ladi . Bu davrda unda vitaminlar ko'payadi . Shu boisdan ham yong'oqning hali to'la pishmagan mevasidan sanoat miqiyosida vitaminli konsentratlar olinadi. Revmotizm , raxit va teri kasalliklarida yong'oq barglaridan tayyorlangan qaynatmali vanna juda foydalidir (A.A.Altimishev) . Yong'oq bargining ajoyib xususiyatlaridan yana biri ularning turli hasharot va kuyalarga qiron keltiruvchi is chiqarishidir . Uy sharoitida yong'oqdan damlama tayyorlash uchun quritilgan va kukunlashtirilgan yong'oq bargidan 1 choy qoshiq miqdorda olib 1 stakan qaynoq suv bilan damlab qo'yiladi . Damlama sovugandan so'ng , dokadan suziladi , sharbati ajratiladi va kuniga 3-4 mahal 1 qoshiqdan ichiladi . Yong'oqning yangi barglaridan moyli damlama tayyorlash ham mumkin . Buning uchun 50-80 g miqdorda maydalangan yangi yong'oq barglari olinib , 300 g qizdirilib sovutilgan kumgaboqar moyi bilan aralshtiriladi va uy haroratida 20 kun damlab qo'yiladi . Tabiatshunos olimlarimizning keltirgan ma`lumotlariga qaraganda , yong'oq kabi serxosiyat daraxtlar keyingi vaqtlarda sezilarli darajada kamayib ketmoqda . Respublkamizda yong'oqzorlarni ko'paytirishga barcha sharoit bor . yong'oq anchagina beor o'simlik : nam yetarli bo'lgan tuproqlarda yaxshi o'sadi , sovuqqa chidamli . Uning rivojlanish davri 165-210 kun . Daraxt umrboqiyligi bilan ajralib turadi : u 300-400 yil yashaydi . Hosilga kirgan yong'oq daraxtidan 100-150 kg , ayrim tuplaridan 500 kg gacha hosil yig'ish mumkin . O'zbekistonda yong'oqning quyidagi navlari o'stiriladi : Gvardeyskiy , Gibridniy , Ideal (antiqa) , O'zbekistonning ertagi yong'og'i , Yubeleyniy

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: