Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yordam bering, yo`talim o`tib ketmayapti...
Yordam bering, yo`talim o`tib ketmayapti...

Yordam bering, yo`talim o`tib ketmayapti...

Yordam bering, yo`talim o`tib ketmayapti...
Yo`tal – organizmning o`ziga xos himoyasi. Shu yo`l bilan u nafas olishni yaxshilaydi. O`tkir shamollashda yo`tal quruq bo`lishi mumkin. Keksalarda ko`pincha yo`talning ana shunday turi kuzatiladi. Bezovtalik davom etishiga qarab farqlanishi mumkin. Misol uchun, o`tkir yo`tal besh kun kuzatlib, so`ng o`tib ketadi. Uzoq davom etadigan yoki surunkali (mavsumda) qiynaydigan turlari esa bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. Shamollash va yuqumli kasalliklarga aloqasi bo`lmagan allergik yo`tal ham odamni ancha iztirobga qo`yishi mumkin. O`qtin-o`qtin qiynaydigan tungi yo`tal esa bir qator kasalliklar haqida darak beradi.Nam yo`talni davolashda yallig`lanishga qarshi dori-darmonlardan foydalansak, quruq yo`talda tarkibida tinchlantiruvchi vositalar bo`lgan dorilar talab qilinadi. Ya`ni, har bir yo`talning o`ziga xos davosi bor. Bu haqda shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA yanada batafsil ma`lumot beradi.

BEZOVTALIK QANDAY BOShLANADI?

Yo`tal yordamida nafas yo`llarimiz ortiqcha balg`am va mikroblardan tozalanadi. Agar mikrob xalqumning orqa qavatini zararlagan bo`lsa, tomoq yallig`lanadi. Ana shunda faringit yuzaga keladi, yo`tal yuzaki bo`ladi. Bordi-yu, infeksiya ovoz paylarini zararlagan bo`lsa, darrov laringit boshlanadi. Bunda yo`tal ham ancha iztirobli bo`lib, ketishi qiyinroq kechadi. Aynan shu davrda kasallikni davolasangiz, marra sizniki. Yo`taldan atigi 3 kunda xalos bo`lishingiz mumkin. Aks holda kasallikni o`tkazib yuborib, bronxitga yo`liqasiz-u, yanada og`riqli yo`talni orttirib olasiz.

Bilasizmi:

10 kundan beri qiynaydigan yo`tal – tanada infeksiya borligini bildiradi. Bu holat 2 hafta davom etsa, gap surunkali yo`tal haqida ketadi.

QO`ZG`ATUVChI OMILLAR...

Yo`talning boshlanishiga chang-to`zon, viruslar, bakteriya va mikroblar, allergik moddalar sababchi bo`ladi.

AGAR YO`TAL QURUQ BO`LSA..

Bu holat xalqum yallig`langanda, bronxlar shamollaganida, allergik kasalliklarda, bronxial astmada, nafas yo`llarida o`sma kasalligi paydo bo`lganda, ko`kyo`tal, qizamiqda, ba`zan esa gijja ko`payganda yuz berishi mumkin. Bundan tashqari, kashandalarda hamquruq yo`tal kuzatiladi. Bu ko`proq uyqudan keyin yuz beradi.

TEZROQ ShIFOKORGA!

Agar yo`tal:

*davo choralarini qo`llagan paytdan boshlab, 2 haftadan beri to`xtamasa;

*yo`tal tana harorati, nafas bo`g`ilishi, ko`krakda xushtak chalish bilan birga kechsa;

*balg`am yiringli, qontalash bo`lsa;

*bolada 3 daqiqada ham to`xtamayotgan yo`tal paydo bo`lsa;

*yo`talganda ko`krakda og`riq sezilsa, darrov shifokorga borib, tekshiruvlardan o`tish kerak. Yo`tal ko`zdagi mayda qon tomirlarning yorilishiga olib kelib, homiladorlikda noxush holatlarni paydo qilishi ham mumkin.

Bu muhim!

Yosh bolalarda quruq yo`talning paydo bo`lishiga ahamiyat berish kerak. Bolakaylar erdan topib olgan mayda narsalarni yutib, natijada nafas yo`llari zararlanishiga duchor bo`lishadi. Xalqumga yot jismlar kirganida tezkorlik bilan bolani shifokorga olib borish kerak. Aks holda, bo`g`ilish yuz berishi hech gapmas.

Quruq yo`talning aniq sababini aniqlash uchun erinmay to`laqonli tibbiy tekshiruvdan o`ting. Shifokorning ko`rsatmalariga qarab, terapevt, allergolog ko`rigi tavsiya etiladi. Quruq yo`talni davolashda kasallik turiga qarab, virus va yallig`lanishga qarshi dorilar, antibiotiklar, yo`talni to`xtatuvchi mukolitik hamda allergiyaga qarshi antigistamin vositalar buyuriladi.

XALQONA DAVOSI

Agar yo`tal shamollash va yallig`lanish bilan bog`liq bo`lsa, pishgan kartoshka bug`ida nafas olish, ko`krak sohasiga spirtli kompress, asalli sut ichish yordamida davolanish oson. Lekin bu muolajalarning birontasi laringit yoki allergik kasalliklarda davo bo`lolmaydi, aksincha yo`tal hurujini davomli va iztirobli bo`lishiga olib keladi. Shuning uchun birinchi galda yo`talingizga tashxis qo`ydiring. Garchi tekshiruv muolajalari vaqt olsa-da, yaxshisi, tashxisni bilib, keyin davo choralarini qo`llash kerak.

«BALG`AM AJRALIShIDAN ChARChADIM»

Namli yo`tal – bronxit, zotiljam kasalliklari uchun xos. Agar yo`tal paytida ko`krak qafasida kuchli og`riq sezilsa, bu o`pka kasalliklariga ishora bo`lishi mumkin. Balg`amli yo`tal tumov bilan birga kechsa, bu gripp, shamollash, ba`zan esa mushuk, it juni, o`simlik va uy changi, par ko`rpa-yostiq yoki biron mahsulotga bo`lgan allergik ta`sirdan kelib chiqadi. Agar yo`tal bir yonboshda yotganingizda paydo bo`lib, holatni o`zgartirganda yo`qolsa, o`pkani tekshirtiring.

BOLALARDA-ChI?!

Bolaning burniga yallig`lanishga qarshi tomchi dori tomizilsa, balg`amli yo`tal to`xtaydi. Kichkintoyning tishlari chiqayotganida ham balg`amli yo`tal kuzatilishi mumkin. Lekin aksariyat hollarda yo`talning bu turi surunkali shamollash haqida darak beradi. Bunday paytda qo`lga momiq qo`lqop kiyib uni isitilgan zaytun yoki paxta moyiga botirib, bolaning ko`krak qafasi, elkalari, tovonlari uqalanadi.

ALLERGIK TURI MAVSUM TANLAYDI!

Yo`talning bu turi mavsumlar o`zgarganda yanada qo`zg`ashi mumkin. Bunga sabab bahorda gullaydigan o`simliklar va daraxtlardan ajraladigan gul changi bo`ladi. Yozda esa ba`zi manzarali daraxtlar va o`t-o`lanlardan ajraladigan urug` changi sabab bo`ladi. Agar allergiyasi bor bolaning yo`tali tunda kuchaysa, bunga u yotgan xona havosining quruqligi yoki yostiq, ko`rpasi «aybdor». Ularning paxta yoki pardan bo`lmasligiga ahamiyat bering. Uyni har kuni nam latta bilan tozalash, bug`li changyutkichdan foydalanish va yuzasi silliq gulqog`ozni devorga yopishtirish yoki ekologik toza bo`yoqlar yordamida devorlarni bo`yash lozim. Shuningdek, uyda namlik bo`lmasligiga ahamiyat bering. Bu ham mog`or bosishiga olib kelib, yo`talni kuchaytiradi.

TAVSIYa: allergik yo`taldan saqlanish uchun ko`chadan kirgach, burun va tomoqni qaynatilgan iliq suvda 3 marotaba yaxshilab chayish kerak.

TUNGI XURUJLARDA NIMA QILAMIZ?

Tongga yaqin yuz beradigan yo`talning sababi kuchli shamollash, nafas yo`llari kasalliklari, noto`g`ri yotish, par yostiq, namlik yoki aksincha ortiqcha issiq havo, allergik kasalliklar sanaladi. Ayniqsa, bronxial va allergik astmada, ba`zan esa yurak kasalliklarida kuzatiladi.

Agar bu holat bolada yuz bergan bo`lsa, issiq suv, sut berish yoki issiq suv ustida 2-3 daqiqa nafas olishiga qo`yib berish kerak. Albatta, bu holat haqida tezroq shifokorga xabar berib, tegishli chora ko`rish muhimligini ham yodda tuting.

YoRDAMChI ChORALAR

Yo`talda, albatta, yotish rejimiga rioya qilish kerak. Kun davomida 2 litrgacha S vitaminiga boy damlama, kompot, mevali qaynatmalar ichish juda foydali. Tomoqni tuzli suvda chayish yo`talning har bir turida koni shifo. Yoki furasilinli eritmada chayishingiz mumkin. Bu muolaja, hatto, davosi nozik bo`lgan laringit kasalida ham kor keladi.

Iloji boricha, nafas gimnastikasidan foydalaning: bunda engil nafas olib, uni uzoqlik bilan chiqarish, keyingisida qorinni shishtirib, chuqur nafas olish lozim. Qo`llarni oldinga, orqaga xuddi suzayotgandek harakatlantirish yo`talning to`xtashiga xizmat qiladi.

Bilasizmi:

*quruq yo`talda: anjirni sutda qaynatib, yarim piyola mineral suv qo`shib ichiladi;

*nam yo`talda «yulduzcha» balzami yordamida qilingan bug`li muolajalar kor qiladi;

*tungi yo`talda oyoqqa vanna qilish yaxshi yordam beradi;

*shamollash bilan bog`liq yo`talda bir hafta davomida moychechakli damlama ichishingizmumkin;

*kashandalar yo`talida yalpiz vva asrlonquyruq damlamasi asqotadi;

*agar yo`tal homilador ayolda kuzatilsa, zig`ir yoki shivit urug`idan damlama tayyorlab ichish mumkin. Xuddi shu muolaja emizikli ayolga yordam beradi.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: