Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » «YoRIMIZ KO`NGLIGA YO`L TOPAMIZ...»
«YoRIMIZ KO`NGLIGA YO`L TOPAMIZ...»

«YoRIMIZ KO`NGLIGA YO`L TOPAMIZ...»

«YoRIMIZ KO`NGLIGA YO`L TOPAMIZ...»
Xarakterimiz bir-biriga to`g`ri kelmadi!» Bu mashxur ibora zamirida nafaqat turmushdagi muammolar, balki er-xotinning nozik munosabatlari ham yotishini bilarmidingiz? Biz ayollar tan olishni istamagan achchiq haqiqatni statistika ma`lumotlari tasdiqlaydi: o`rtadagi sovuqlik «shaxsiy hudud» ob-havosiga 90 foiz holatlarda dahl qiladi! Sahifamiz orqali erkakdagi xohishning yo`qolishi, ayoldagi istaklarning so`nishi haqida juda ko`p sirlashamiz. Bu safar esa kasalliklaru o`zaro kelishmovchiliklarni nari surib, juftimiz ko`ngliga yo`l topish sirlarini o`rganamiz. Xuddi ilk uchrashuvdagi his-tuyg`ular, etni jimirlatgan xayajonu yurakka titroq solgan onlarni yodga olamiz! Xo`sh, nima dedingiz?!

«AYoL SIFATIDA QIZIQTIRMAY QO`YDIM...»

Sarlavhani o`qishingiz bilan bi-i-ir xo`rsinib qo`ydingiza, kelishib olaylik shu oxirgisi bo`lsin! Muammo nimada? «Allamahalgacha televizor tomosha qiladi» deysizmi? Siz ham unga sherik bo`ling. Bir safar zerikarli futbolni ko`rsangiz ko`ribsiz, sizdan nima ketdi?

«Ur-yiqitlarga xushim yo`q, qo`rqinchli kinolardan qo`rqaman!» Shumi bahonangiz? Juftingizning yonidan joy oling-da, qo`llaridan tuting. Yoki pinjiga suqilib olsangiz, vahimangizdan asar ham qolmaydi. Shu bahona so`nib borayotgan tuyg`ular alanga olsa ajabmas.

«U ko`rayotgan narsalarni tushunmayman!» So`rang, qiziqing, g`ururingiz eyilib qolmas. U ham bilsin, o`ziga qiziq mavzularga befarq emasligingizni.

Shpargalka:

Erkaklar qiziqarli suhbatdosh bo`la oladigan ayollarni qadrlashadi. Avtomobil qismlariyu falon futbolchining nima uchun sariq kartochka olganini tushunmasangiz, «Bo`lganim shu» demang. Bo`sh qolganda dugonalar bilan g`iybatni kamaytiring-da, o`z ustingizda ishlang.
Umr yo`ldoshingizning tanlovini hurmat qiling! «Kap-katta erkak ko`rib o`tirgan narsangizni qarang» kabi «ashulangiz» jonli ijroga chiqmasin. «Lisenziyasiz» qolasiz-a.
Eringiz oromkursida uxlab qoldi. Shu holicha qoldirmang. Asta uyg`oting-da, yotog`iga olib kiring. Ertasiga jahl qilsa, «Sizsiz ko`zimga uyqu kelarmidi?» deya noz-karashma qiling, er-i-ib ketsin.
Muammo qaynonangizga bog`liq ekan, arqonni uzun tashlang-da, «Oyijon, xizmatingizdaman» dasturini ishga tushiring. Onasining ko`nglini zabt etolsangiz bas, o`g`lini shunday yo`lga soladiki, tungi navbatchiligidan ham voz kechadi.
Yotoqxonadagi narsa-buyumlar joyini almashtiring. O`rin-ko`rpani yangilang. Yorqin, ko`zga lov etib tashlanadigan yotoq jildlaridan foydalaning. Uxlash vaqti yaqinlashdimi, yopinchiqni asta ko`tarib qo`ying.
Har tarafga (hech bo`lmasa ikkita) shamchalarni yoqing. «Onaqirolicha»ning uyquga ketishini kutayotgan eringiz, hech bo`lmasa yotog`iga mo`ralab qo`yar. Ko`zlarini quvnating deymiz-da.
«ONAM EShITIB QOLADI...»

Ko`p qavatli uylar yoki katta oilalarda yashaydigan er-xotin o`rtasidagi munosabat uydagi «qo`shni»lardan hijolat bo`lish sabab ham sovushi mumkin. «To qaynonam uxlamaguncha, erim yotoqqa kirmaydi. Onasi bilsa, xafa bo`larmish» deysizmi? Balki qaynonangiz o`g`lini sizdan qizg`anar, yo darrov eringizning xushtori bor deb o`yladingizmi? Hovliqqan ayol tufliga yolchimas iborasini eshitganmisiz? Aql bilan fikrlang.

KO`ZGUGA QARANG!

Go`zallik saloniga borolmayotganingizni bahona qilmang. Momolarimiz qoshiga o`sma, ko`ziga surma surtib ham go`zallikni do`ndirishgan. Salgina e`tiborli bo`lsangiz, chiroyingiz ochiladi. Tungi kiyimlarga ahamiyatli bo`ling, deb har safar uqtirganimiz uqtirgan. Xo`sh, amal qilayapsizmi? Atiringizni-chi yangiladingizmi? Yog` bosgan sochlarga jon kirib, ajinlar mo`ralab qolgan yuzingizni parvarishlayapsizmi? Qo`l-oyoq terisi dag`allashmaganmi? Fahmlagan bo`lsangiz, xulosa qilishni o`zingizga qoldiramiz.

«U BIR YoNDA, MEN BIR YoN...»

Juftingiz bilan bir-biringizga ters o`girilib yotasiz. Nozik munosabatlarni esa parvoyiga ham keltirmaydi. Xo`sh, nima qilmoqchisiz? «Plan-A»: tunda sochi yoki elkasini silab oromini o`g`irlang. Uyqusi buzilganidan biroz achchiqlanadi-yu, keyin yumshaydi. «Plan-B»: ertalab bo`sa bilan uyg`oting. Bir safar tushunmas, ikkinchi safar hayron bo`lar, uchinchisida ma`qullaydi.

«KASALMAN» DEMANG!

Quvnoq, samimiy, zavqu-shavqqga to`la va o`ziga ishonchi baland ayol har qanday erkakning orzusi! Kuchli jins vakillari noliyveradigan, pessimist va kasalchin xonimlarga toqat qilishmaydi. Biz, sog`ligingizdagi jiddiy xastaliklarni aytmayapmiz. Har bir ayolda uchrashi mumkin bo`lgan «molochnisa», bavosil, turli toshmalar xullas dori qutichamizni tez-tez yo`qlab turadigan «mehmon»larni ko`zdan pana tutgan ma`qul demoqchimiz. Surtmayu shamchalar, gigienik vositalarni javonda saqlang. Hayron bo`larsiz-u, ammo mana shu holatlar ham erkakning xohishini so`ndirishi mumkin.

«U MENI EShITMAYDI!»

Eshitadi! Qulog`iga shivirlab so`zlab ko`ring. Quloq sohasining atrofida insonning erogen nuqtalari joylashgan. Јazabdan qaynab turgan yoxud «Meni tinch qo`y, uyqim kelayapti» «plastinka»sini yoqib qo`ygan juftingizning quloqlarini muloyim so`zlar bilan siylang, ko`rasiz ko`ziga uyqu kelarmikan. Ishdan kutib olganda ham sekingina «Sizni sog`indik» deb pichirlab qo`ying. Ikkingizdan bo`lak hech kim eshitmasin. Qani shundan keyin ham eshitmaydi deb ko`ringchi...

«PSIXOLOGIYaSINI TUShUNING»

E`tiborsizlik ayblovini qo`yishdan osoni yo`q. Biroq o`ylab ko`ring, u nima uchun o`zgarib qoldi? Ehtimol, sog`ligida, ishida yoki do`stlari bilan muammosi bordir? Balki ota-onasi bilan biror masala kelib chiqqan-u, sizga bildirmas. Erkak muammosini uyga olib kelmaydi. Shunday ekan, ko`ngliga qo`l solib ko`ring. Uyda osoyishta muhit yarating, ortiqcha savollar bilan bezovta qilmang. Mehr bering, ammo o`ziga kelib olgunicha mehr so`ramang. Asta-sekin hammasi o`nglanadi.

(alohida)

Xarakteriga ko`ra erkaklar poligam bo`lishadi. Ya`ni ularni bir xillik tez zeriktirishi mumkin. Bu sifat nafaqat munosabatlarga balki yotoqqa ham taalluqli. Ehtiroslar alanga olishi uchun nozik munosabatlarda bir-biringizni tushuning, bir-biringizni o`rganing va istaklaringizga quloq tuting.

Androlog-seksapotolog Dilmurod ERGAShEV tavsiyalari asosida MARJONA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: