YoRINGIZNI BURJIGA QARAB, KO`NGLINI ZABT ETING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: YoRINGIZNI BURJIGA QARAB, KO`NGLINI ZABT ETING!
- Дата релиза: 21-08-17, 17:15
Sevimli, ardoqli va hamisha diqqat-e`tiborda bo`lish! Biz ayollarga shugina kerak, xolos. Ammo begimizning kayfiyati shunchalar tez o`zgaradiki, kezi kelganida nimalarni xayol qilayotganini ham anglolmay qolamiz. «Sizga nima bo`ldi?», «Nega o`zgarib qoldingiz?» kabi savollaringiz javobsiz qolaversa, yaxshisi, ulardan voz keching-da, yoringizning burjini o`rganishni boshlang. So`ngra esa uning fe`l-atvoridan kelib chiqib, muomala qiling. Xo`sh, juftingizni rom etish sirlari bilan tanishishga tayyormisiz?
Hamal – maqtovlarni yoqtiradi!
Umr yo`ldoshingiz mazkur burj vakili bo`lsa, hamisha o`zingizga oro berishingiz, o`z ustingizda ishlashingiz shart! «Hamal»lar uddaburon, fahm-farosatli ayollarni qadrlashadi. Bir xillikdan tez zerikkanlari bois oilaviy munosabatlarga yangilik kiritib borishni odat qiling.
Juftingiz yolg`onni kechirmaydi, talabchan bo`lsa-da, ko`ngliga yo`l topa olsangiz, istaganingizni muhayyo qiladi.
Tabiatan etakchi bo`lgan «Hamal»ni maqtov va rag`batlar ruhlantiradi. Bu qoida nozik munosabatlarda ham ahamiyatli ekanligini yodda tuting.
Savr – tanqidga xushi yo`q!
O`ziga ishongan, didli, zukko, pazanda va yaxshi suhbatdosh! Juftingiz Savr burjida tug`ilgan bo`lsa, sanab o`tilgan sifatlarga to`liq javob berishingiz kerak. Zero ushbu burjning beklari ayollardagi aynan shunday fazilatlarni qadrlashadi.
«Savr» erkak shoshqaloqlikni yoqtirmaydi. Yana koyishlar-u tanqidlarga ham suyagi yo`q. Biror kim bilan taqqoslashlarini esa hazm qilishi qiyin.
Nozik munosabatlarga kelsak, ba`zan tashabbus ko`rsatishingizga to`g`ri keladi. Xavotirlanmang, «Savr»lar bunday iltifotdan mamnun bo`lishadi. Asosiysi me`yordan oshib ketmaslik.
Javzo – mulozamatdan erib ketadi...
Bu burj vakillari bilan bir tom ostida yashash oson emas. Ammo osongina taslim bo`lishga shoshilmang! «Javzo» erkak qalbiga yo`l topishning sinalgan usuli nozu karashma bilan munosabatlarni mudom olovlantirib turishdir. Ha, bu burj sohiblari mulozamatning gadosi. Ammo erkinligiga daxl qilishlarini yoqtirishmaydi. Yoringizni o`zingizga rom etishni istasangiz, hech qachon qadamini poylamang. Shunchaki ishonch bildiring. «Javzo» sevsa, chin dildan sevadi!
Saraton – g`amxo`rlikni qadrlaydi!
Salgina xudbinligini aytmasa, «Saraton»lar namunali umr yo`ldosh bo`lishadi. Mazkur burj ostida tug`ilgan yoringizning ko`ngliga yo`l topishda kamchiliklariga ko`z yumishni o`rganishingiz kerak. Xatosini aytganingiz bilan baribir tan olmaydi-da. Shirin so`z, manna, sizning ish «qurolingiz». «Saraton»lar nozik munosabatlarni er–xotin o`rtasidagi muhabbatning asosi deb hisoblashadi. Visol onlariga ishorasini tushunmasangiz, bir safar indamaydi-yu keyingilarida aynan shuni deb janjal ko`tarishi ham mumkin.
Asad – rashkini keltirmang!
Uning qarashlarini o`zgartirish qiyin. «Asad» aytdimi, tamom, istaklarini muhokama qilishga hojat yo`q.
Tabiatan etakchi bo`lgan mazkur burj vakilini rom eta bilish uchun o`z so`zingizga ega ayol bo`lishingiz kerak. «Asad»lar shashti past, aniq maqsad-muddaosi bo`lmagan xonimlarni yoqtirishmaydi. Barcha burjlar orasida sizning yoringiz sadoqati bilan ajralib tursa-da, rashkini sinovdan o`tkazmaganingiz durust. Sherning na`rasi butun o`rmonni oyoqqa turg`azishini bilarsiz-a?
Har bir ishda maslahatchi bo`lgan yoringiz shaxsiy hududda ham o`rgangan ko`ngil iborasiga amal qilsa ranjimang. Aksincha, so`zlariga quloq tuting va «o`yin»ning ishtirokchisiga aylaning.
Sunbula – uzo-o-o-oq suhbatlashgisi keladi...
Turmush o`rtog`ingiz «Sunbula»mi, demak, xarakteridagi o`zi xoslik sizga begona emas. Har ishda fikringizga qiziqishi, kun davomida qanday sarguzashtlar yuz berganini so`roqlashi ezmalikdan emas, balki e`tibor, mehringizni istayotganidan darakdir. Agar uni rad qilaversangiz, yaxshi tinglovchini topadi-yu, keyin sizni umuman bezovta qilmay qo`yadi. Sizga shu kerakmi?
Sunbula burjidagi erkak did bilan kiyingan, o`ziga oro bergan ayolni qadrlaydi. Bu talab yotoqxonada ham birinchi o`rinda bo`lishiga diqqat qiling. Sizdan hamisha yoqimli ifor taralib tursin, aynan shu narsa mazkur burj vakillarining nozik nuqtasi.
Mezon – go`zallik shaydosi!
Yoringiz mazkur burj vakili bo`lsa, tashqi ko`rinishingizdan sira nolimang! Axir «Mezon» erkak qizlarning eng suluviga uylanadi-da. Ammo bir–ikki farzandli bo`lgach, tezgina avvalgi holingizga qaytishingiz shart. Yo`qsa, juftingizning tanqidiga uchraysiz.
Kayfiyati o`zgarib turadigan «Mezon»ni siquvga olish yaramaydi. «Avvalgidek suymaysiz meni», deya labingizni burishlaringiz javobsiz qolsa ham ranjimang. Shunchaki o`z holiga qo`ying-da, mehringizni ayamang. Xosxonangizda kutilmagan syurprizlar qilish ham foydadan xoli emas.
Aqrab – jahli burnining uchida!
Ushbu burjda tug`ilgan umr yo`ldoshingiz sizdagi sirlilikni yoqtiradi. Ammo nozik munosabatlarda tortinchoqlikka xushi yo`q. Boshqa burj sohiblaridan farqli ravishda «Aqrab» ehtiroslaru hissiyotlar to`g`risida soatlab suhbatlashishi mumkin. Mabodo biror ishidan norozi bo`lsangiz ham, u sizni to`g`ri tushunadi. Faqat e`tirozingizni xitoy qog`ozidan salgina qalinrog`iga o`rab etkazing.
Juftingizning jahli tez. Achchiqlanganida sukut saqlashni bilsangiz, yutasiz. Tilingizga erk berganingiz esa yaxshilik keltirmaydi.
Qavs – hissiyotlarini aytmaydi!
Nima ham derdik, «Qavs»ning fe`li shu, tuyg`ularini oshkor qilavermaydi. Sizga bo`lgan mehr-muhabbatini xatti-harakatlaridan bilib olasiz. «Meni sevasizmi?», «Sog`indingizmi?» deya so`roqlashingiz befoyda. Yaxshisi, aksini qiling-da, hissiyotlaringizni eslatib turing.
Yotoqxonada «Qavs» uchun turlanish kerak. U bir xillikni yoqtirmaydi. Rag`bat va maqtovlardan esa moydek erib ketadi.
Bu burj vakillari erkinliklarini har nimadan ustun qo`yishadi. Shu bois «Qaerdasiz?» kabi tergashlaringizni bas qiling. «Qavs»ning yoyi to`g`ri nishonga tegadi-ya!
Jadiy – g`ururini sindirmang!
Har bir erkak maqtovlardan yuksaladi! «Jadiy»lar esa qanot qoqib naq parvoz qilishlari mumkin. Ayniqsa, yotoqxonaning eshigi yopilgach, «Pahlavonim», «Ishongan tog`im» deya ko`klarga ko`taring uni, javobi uzoq kuttirmaydi.
Umr yo`ldoshingiz soxta mulozamatni yoqtirmaydi. U bilan suhbatda hamisha samimiy bo`ling. Uy tutishingiz, yaqinlariga muomalangiz va pazandaligingiz ham a`lo darajada bo`lishi kerak. Ota–onasi-yu aka-uka, singillariga g`amxo`rlik qilsangiz, yoringiz sizni boshida ko`tarib yuradi. Chunki u jigarlarini birinchi o`ringa qo`yadi.
Dalv – biroz ayyor, salgina qiziqqon...
Mazkur burjda tug`ilgan erkaklar haqida so`z borganida, turli xil cheklovlaru taqiqlarga xushi yo`qligini alohida ta`kidlash joiz. «Dalv»lar bilan muomala qilishda xuddi o`zidek salgina ayyor bo`lishingiz lozim. Biror masalada fikringizga qiziqsa, darrov javob berishga oshiqmang. Biroz kuttiring.
Hissiyotlar mavzusida esa sirli nigohlaringiz bilan rom eta biling. Ya`ni to`g`ridan–to`g`ri nima istayotganingizni bildirmang, ishora bering, «qarmoq» tashlang... Cho`chimang, juftingizga bu yoqadi. Har qanday vaziyatda ham harakatlarini tanqid qilmang. Qiziqqonligini ham bilarsiz-a? Atay emas, behosdan achchig`ini chiqarsangiz, yana o`sha nigohlaringiz bilan hovuridan tushirishingiz mumkin. Faqat bu safar muloyim «mushukka» aylaning.
Hut – tortinchoq romantik!
Turmush o`rtog`ingiz haqidagi ta`rifdan hayron bo`layapsizmi? Chindan ham «Hut» erkaklar romantik bo`lishadi. Biroq hamisha ham buni oshkor qilavermaydilar. Bir dona atirgul, shokolad, antiqa aksessuarlar bularni bari e`tiborining belgisidir. Pisand qilmasangiz, qanotini qayirasiz. «Hut» arazlasa, o`ziga kelishi qiyin. To`g`ri, bu burj sohiblari moddiy masalalarda kuyinchak emaslar. Ammo yo`naltirib tursangiz, daromad qilishni eplashadi.
Nozik munosabatlarda ham romantik kayfiyatni ma`qul ko`rgan juftingizni o`zgacha bezatilgan yotoqxona, shamchalar, bejirim liboslaru xushbo`y tutatqilar bilan maftun etishingiz mumkin. Bu burj erkaklari rafiqasining e`tiboridan yuksalaveradi. Ammo birgina noo`rin so`z bilan qaddi bukilishi ham ehtimoldan xoli emas!
MARJONA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар