Yoshingizni «sotib» qo`yuvchi 7 omil
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yoshingizni «sotib» qo`yuvchi 7 omil
- Дата релиза: 29-05-17, 20:55
1. Tishlar
Sadafdek oppoq va tekis tishlar doim yoshlik va go`zallik belgisi sanalgan. Shuning uchun ularning parvarishiga alohida e`tibor qarating. Vizajistlar tishlari sarg`aygan ayollarga yorqin rangdagi lab bo`yoqlaridan foydalanmaslikni tavsiya qilishmoqda.
2. Baqbaqa
Ikkinchi baqbaqa ko`rinishingizga kamida 10 yosh qo`shashi aniq. U hali hech kimga ko`rk bergan emas. Ortiqcha baqbaqadan xalos bo`lish uchun haftada ikki-uch marta nam sochiq bilan uni ohista urib mashq bajaring.
3. Bo`yin
Bu a`zo ham eng «sotqin» a`zolardan sanaladi. Chiroyli bo`yin sohibasi bo`lish uchun yoshlikdan bo`yin mushaklarini chiniqtirib borish lozim. Buning uchun esa o`tirib-turganingizda bo`yningiz polga yoki stolga parallel turishiga e`tibor qarating. Qorin bilan yotish odatingizni tashlang.
4. Qo`llar
Vaqt o`tishi bilan qo`l terisi elastikligini yo`qotib, ajin tusha boshlaydi. Buning oldini olish uchun esa dengiz tuzidan skrab tayyorlab haftasiga ikki marta qo`llaringizni shu skrabdan surting. Shuningdek, tarkibida A darmondorisi va glikol kislotasi mavjud bo`lgan kremlardan muntazam foydalaning.
5. Qovoqlar
Salqigan qovoqlar ham qarilik alomatlaridan sanaladi. Vaqtida ko`rilgan choralari muammoning oldini oladi. Parvarishning eng oson usuli esa ko`k choyli muz bo`lakchalari sanaladi.
6. Oqargan sochlar
Ayollarda bu kamchilikni yashirish imkoni bor. Biroq ko`pchilik erinchoqligi tufayli sochini bo`yamaydi. To`g`ri, sochlaringizga oralagan har bir tola oq soch chekkan mashaqqatlaringizdan darak beradi. Biroq bu betakror ko`rinishingizga soya solmasligi lozim.
7. Qadamlar
Og`ir va sokin qadamlar buvijonlarga yarashadi. Yosh ko`rinishni istagan ayollar esa engil va chiroyli qadam tashlashlari zarur. Bunga esa sport bilan muntazam shug`ullanib erishish mumkin. Demak, yosh ko`rinay desangiz, jismoniy mashg`ulotlarni kanda qilmang.
Manba: Darakchi.uz