Yoshlar va Seks: Jinsiy Tarbiyani Qachon Boshlagan Ma'qul?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yoshlar va Seks: Jinsiy Tarbiyani Qachon Boshlagan Ma'qul?
- Дата релиза: 22-05-14, 13:01
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar sinchkov va hamma narsani bilishga intiladi. “Men qayerdan paydo bo’lganman”? kabi savollar ota-onani ko’pincha xijolatga qo’yadi.
Ba’zilar jinsiy tarbiyani erta boshlash kerak desa, boshqalar buni hayosizlik, bola balog’atga yetgach o’zi tushunib oladi degan qarashni olg’a suradi.
“Jinsiy hayot - bu shaxsiy masala”.
“Jinsiyat - bu tabiiy narsa”.
“Jinsiy tarbiya o’zni tiyish va homilani oldini olish haqida o’rgatishi kerak”.
“Kattalar ko’pincha mavzuni chetlab o’tadi”.
“Hamma turlicha fikrlaydi”.
Bu AQSh maktablarida jinsiy tarbiya darsini olgan talabalar fikrlari. “Yoshlar Uchun” nomli tashkilot a’zolari o’smirlarni to’g’ri jinsiy hayotga yo’llaydigan mashg’ulotlarni targ’ib qiladi.
Keng qamrovli jinsiy ta’lim, deydi ular, bir tomondan jinsiy hayotni nikohgacha boshlamaslikni o’rgatsa, boshqa tomondan kasalliklardan saqlanishga urg’u beradi. Shuningdek, homilaning oldini oluvchi vositalar, immunitet taqchilligi virusi haqida ma’lumot va psixologik tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.
AQShning ba’zi maktablarida faqatgina bemavrid aloqadan o’zini tiyish o’rgatiladi. Chunki o’tgan 10 yil mobaynida AQSh hukumati davlat byudjetidan qariyb 1.3 milliard dollar ajratib, aynan shunday dasturlarni ishga slogan. 17 shtat bu mablag’dan voz kechib, o’quv rejasini o’zi mustaqil tuzishga qaror qilgan.
“Hammasi siyosatga borib taqaladi”, - deydi Jeyms Vagoner, “Yoshlar Uchun” tashkiloti rahbari. “Siyosat va mafkura. Siyosatchi murakkab muammoga soddagina yechim izlaydi. Hazon.ru saytidan olingan. Nikohgacha jinsiy hayotga qadam qo’ymang deydi”.
Amerikada ota-onalar farzandini jinsiy tarbiya darslariga qo’ymaslik huquqiga ega. Masalan, gomoseksual odamlarning o’zaro oila qurishi va muqobil hayot tarzi kabi mavzulardan chetda yursin, bu boradagi suhbatlarda ishtirok etmasin, deydi ba’zilar.
Maktablarda jinsiy tarbiya bo’yicha taklif etilayotgan o’quv programmasi nimadan iborat bo’lgani ma’qul degan savolga hamma turlicha javob beradi.
Jinsiy tarbiya haqida nima deb o’ylaysiz? O’quvchilarga kerakmi? Talabalar bu savollarga quyidagicha javob beradi:
“Maktabda, balog’atga yetish davrida o’smirlarda fiziologik o’zgarishlar ro’y beradi, o’zga jinsga nisbatan qiziqish uyg’ona boshlaydi. Ko’pchilik bunga tayyor emas”, - deydi Gyavu Mahama, Jorj Vashington Universiteti talabasi.
“Jinsiy nafsni tiyish eng yaxshi himoya deb bilaman. Kasallikdan saqlanish uchun voz kechish kerak, vassalom. Lekin boshqa yo’li ham bor – kontraseptiv vositalar va jinsiy gigiyena. Yoshlarga barcha ma’lumotni bering, o’zlari hal qilishsin”, - deydi Nikki Babayeva, Merilend Universiteti talabasi.
“Statistik ma’lumotlarga ko’ra, saqlangin deyish bilan ish bitmaydi, hamma o’z bilganini qiladi”, - deydi o’quvchi Benyamin Berrovs.
MUXBIR: Raqamlarga ko’ra, o’zini tiyib yurishga va’da berganlarning 90 foizi va’dani buzadi. Sababi nimada?
“Tasavvur qiling, bir xonada 30 kishi yozma tarzda va’da beryapti. Siz qo’l qo’ymasangiz, nima deb o’ylashadi”? - deya so’raydi talaba Vanessa Geffrard.
MUXBIR: Maktabda jinsiy ta’lim darslari qanchalik foydali bo’lgan? Kamchiliklari-chi?
“Nazarimda, o’qituvchimiz bu haqda gapirganda doimo xijolatda bo’lardi. Oilali, bolali kishi edi. Hazon.ru saytidan olingan. Balki shuning uchun uyalib, o’zini noqulay his qilardi”.
“Yigit bilan qiz munosabatining jinsiy va psixologik tomonlarini to’g’ri yoritish kerak. Toki o’smirlarga man etilgan etilgan mavzudek tuyulmasin”.
“Hammamiz bir kun kelib ota-ona bo’lamiz. Yosh avlod bo’lajak farzandiga jinsiyat haqida qanday gapirish kerak ekanini bilsin. Ommaviy axborot vositalari muallim o’rnini bosmaydi”.
“Afsuski, bolalar aksariyat holatlarda seks haqida axborot vositalaridan, filmlardan bilib oladi. Ochiq gapiradigan bo’lsam, televizorda ko’kragi katta ayollarni ko’rsatib, tomoshabin sonini orttirmoqchi bo’lishadi. Shunday ekan, bolada jinsiy munosabatlar haqida tasavvur hosil bo’lsin”?
“Bolalarga bu yopiq, taqiqlangan mavzu emas, bu haqda gaplashsa bo’ladi deb tushuntirish kerak. Shunda bola maktabdan tashqarida, do’stlari davrasida ham boshqalar bilan fikr almashadi. Chunki aynan shu mavzu haqida gap ketganda o’smirlar bir-birini kulgu-masxara qilishga usta”.
AQShda barvaqt bo’yida bo’lish hollari 11 foizni tashkil etadi. Chora-tadbir ko’rilmoqda, biroq AQSh qatorida Rossiya ham bu ko’rsatkich bo’yicha yuqori o’rinda. AQShda xususan jinsiy aloqadan yuqadigan kasalliklar keng tarqalgan.
“Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklar AQShda katta muammo. Kasalliklarni Nazorat Qilish markaziga ko’ra, o’smirlarning 25 foizida shunday xastaliklar bor. Ba’zilar infeksiya bilan yurganini o’zi bilmaydi. Aslida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deydi Xezer Bunstra, jinsiy salomatlik masalalari bilan shug’ullanuvchi Guttmaher Instituti olimasi.
Bu kimning aybi? Axborot vositalari? Rahbarlar? Ota-ona? Yoki jamiyat?
“Yoshlar uchun” tashkiloti vakili Jeyms nazarida yoshlarni bu haqda ogoh qilish, ularni ham bu jarayonga jalb qilishning yo’llari ko’p. Hazon.ru saytidan olingan.“Jamiyat, hukumat va turli tashkilotlar doirasida muayyan falsafa shakllanishi zarur. Muammo yoshlarda emas”.
Shelbi Noks “Yoshlar Uchun” tashkiloti so’zlovchisi. Texasda konservativ, diniy muhitda ulg’aygan.
“Muammoning tagiga yetish uchun AQSh jamiyatida jins va jinsiy masalalarga yangicha ko’z bilan qarash kerak. Ba’zida juda konservativ ruhdagi qarashlarga guvoh bo’lib, qaysi zamonda yashayapmiz deb o’ylanadi kishi. O’zim shunday oilada o’sganman. Mavzuga sipolik bilan emas, jamiyat salomatligi nuqtai-nazaridan qarash vaqti keldi”, - deydi Shelbi Noks.
Jinsiy tarbiya va yoshlar salomatligi umumbashariy masala. Inson borki, nasl qoldirish, farovon hayot kechirish va eng muhimi - sog’lom bo’lish haqida o’ylaydi.